Mobiuz Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tabriklaydi
9-aprel kuni buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning tavallud topganiga 690 yil to‘ladi. Sohibqiron 1336-yilda Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahrida dunyoga kelgan.
Amir Temur jahon tarixiga o‘z davrining eng yirik saltanatlaridan birining asoschisi sifatida kirdi. U 35 yillik hukmronligi davomida O‘rta yer dengizidan Hindistongacha bo‘lgan ulkan hududlarni birlashtirib, qudratli davlat barpo etdi. Uning faoliyati ilm-fan, madaniyat va savdo-sotiqning rivojlanishiga hamda Sharq va G‘arb o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.
Sohibqiron merosida uning “Kuch — adolatda” degan mashhur hikmatida ifodalangan boshqaruv tamoyili alohida o‘rin tutadi. Bu yondashuv samarali davlat tuzilmasi va odil hukmronlikning poydevoriga aylangan.
Bugun ham ulug‘ ajdodimiz xotirasi avlodlarni ilhomlantirib, strategik tafakkur, kuchli yetakchilik va o‘z ishiga sadoqat muhim ekanini yodga solib turadi.
Mobiuz kompaniyasi barchani ushbu muhim sana bilan tabriklaydi hamda tinchlik, barqarorlik va yanada yuksalish tilaydi.