Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Mobiuz Xalqaro mijozlar kunini abonentlar bilan birga nishonladi

19-mart – Xalqaro mijozlar kunida Mobiuz kompaniyasi an’anaga ko‘ra o‘z abonentlariga alohida e’tibor qaratdi va bu bilan ochiq muloqot, qo‘llab-quvvatlash hamda yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish tamoyillariga sodiqligini tasdiqladi.

Bu kuni butun mamlakat bo‘ylab savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida ayniqsa iliq muhit hukm surdi. Abonentlar aloqa xizmatlari bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha nafaqat maslahat va yordam olish, balki kompaniya rahbarlari bilan bevosita muloqot qilish imkoniga ham ega bo‘ldilar. Mijozlar ehtiyojlarini yaxshiroq anglash va ulardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr-mulohazalarni olish maqsadida Mobiuz top-menejerlari va hududiy bo‘linmalari rahbarlari ham mijozlarga xizmat ko‘rsatishda ishtirok etdi.

Tashrif buyuruvchilarga maslahatlar berilib, xizmatlarni ulash va yuzaga kelayotgan masalalarni hal etishda yordam ko‘rsatildi. Har bir abonentga alohida e’tibor qaratildi hamda ofislarga tashrifni yanada yoqimli qiladigan ajoyib sovg‘alar hozirlandi.

Bunday tadbirlarni o‘tkazish Mobiuz uchun ezgu an’anaga aylangan. Mijozlarga yo‘nalganlik kompaniyaning asosiy qadriyatlaridan biri bo‘lib, bu nafaqat so‘zda, balki amalda ham o‘z ifodasini topmoqda.

Mobiuz o‘z abonentlari uchun ishonchli va e’tiborli hamkor bo‘lib qolgan holda, servislarini rivojlantirish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda davom etadi.

Ro‘yxatga qaytish