Mobiuz Navro‘z ayyomi bilan qutlaydi!
Mobiuz kompaniyasi barchani yangi davr boshlanishi, tabiat uyg‘onishi va ezgulikka intilish ramzi bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etadi.
Navro‘z azaldan odamlarni birlashtirib, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va samimiy muloqotning qadrini eslatib keladi. Bu shunday vaqtki, unda rejalar tuzish, yangi ishlarni boshlash va atrofdagilar bilan yaxshi kayfiyat ulashish istagi paydo bo‘ladi.
Ushbu bayram kunida sizga ertangi kunga ishonch, xotirjamlik va farovonlik tilaymiz. Hayotingizda shodlik uchun sabablar ko‘p bo‘lsin, eng yoqimli lahzalarni baham ko‘radigan yaqinlaringiz esa hamisha yoningizda bo‘lsin.
Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin!