Andijon viloyatida Mobiuz’ning yangi tayanch stansiyalari ishga tushirildi!
Mobiuz kompaniyasi mamlakatimiz hududlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi izchil sa’y-harakatlarini davom ettirmoqda. Tarmoqni modernizatsiya qilish va kengaytirish dasturi doirasida Andijon viloyatida yangi tayanch stansiyalari ishga tushirilib, bir qator aholi punktlarida qamrov kengaytirildi.
Andijon shahri — "Andijon", "Do‘stlik", "Farobiy", "Sarvontepa", "O‘rikzor", "O‘zbekiston 20 yilligi", "Yaxshi" MFYlari
Andijon tumani — "Gumbaz", "Zavroq", "Ittifoq", "Cho‘ngbog‘ish", "Yangiobod", "A. Ismoilov" MFYlari
Asaka tumani — "Gumbaz", "Niyozbotir", "Olaqanot", "Otish" MFYlari
Baliqchi tumani — "Istiqlol", "Siza" MFYlari
Buloqboshi tumani — "Buyuk Turon" MFY
Izboskan tumani — "Gurkirov", "Markaz", "Shinam", "Yangiobod" MFYlari
Jalaquduq tumani — "O‘roqchitepa" MFY
Marhamat tumani — "Guliston", "Qorabog‘ich", "Rohat", "Shomat" MFYlari
Oltinko‘l tumani — "Andijon", "Qo‘tarmachiq", "Mehnat", "Temir Xo‘ja" MFYlari
Paxtaobod tumani — "Qashqar", "Shomat", "To‘pajo‘voz" MFYlari
Qo‘rg‘ontepa tumani — "Navro‘z", "Yuksalish" MFYlari
Shahrixon tumani — "Sohiobod", "Shahrixon" MFYlari
Mobiuz kelgusida ham Andijon viloyatida tarmoqni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishda davom etadi hamda abonentlarni shahar va qishloq joylarida ishonchli aloqa, barqaror internet va zamonaviy raqamli xizmatlar bilan ta’minlaydi.