Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Sifatga yo‘l — ochiq muloqot orqali: Mobiuz delegatsiyasini Qashqadaryo viloyatiga tashrifi

28-30-may kunlari Mobiuz rahbariyati Qashqadaryo viloyatiga ish safari bilan bordi. Ushbu tashrif bugungi voqelikni chuqur anglash va violat aholisi bilan aloqalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilayotgan keng qamrovli uchrashuvlar dasturining bir qismi bo‘ldi.

Kompaniya Bosh direktori Sobir Aripov boshchiligidagi guruh kompaniya ofislariga tashrif buyurdi, hamkorlar va abonentlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, telekommunikatsiya infratuzilmasi obyektlarini ko‘zdan kechirdi. Chekka hududlardagi aloqa sifatini o‘rganish, tayanch stansiyalar faoliyatini baholash va aholi murojaatlarini qabul qilishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvlar davomida dilerlik tarmog‘ini rivojlantirish, tarif rejalarini mahalliy aholi ehtiyojlariga moslash, shuningdek, raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Fuqarolarning barcha murojaatlari qayd qilindi, bir qator masalalar bo‘yicha joyida yechimlar topildi.

Biz Mobiuz’da nafaqat texnologiyalarni rivojlantiryapmiz, balki barqaror, ochiq va sezgir aloqa tizimini yaratmoqdamiz. Qashqadaryoga tashrif — xaritadagi har bir nuqta aloqa insonlar, g‘amxo‘rlik va taraqqiyot haqida ekanligini his etishi yo‘lidagi yana bir qadam bo‘ldi.


Ro'yxatga qaytish