Bugun O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuniga bag‘ishlangan rasmiy tadbir o‘tkazildi.
Bir guruh soha xodimlariga turli idoraviy mukofotlar topshirildi. Mukofotlanganlar orasida Mobiuz vakillari ham borligini mamnuniyat bilan ma’lum qilishdan xursandmiz.
Andijondagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi Texnik bo‘limi boshlig‘i Kamoliddin Soliyev "O‘z kasbining ustasi" belgisi bilan taqdirlandi.
Vazirlikning faxriy yorlig‘i Ofis savdolari va xizmat ko‘rsatish departamenti direktori o‘rinbosari Denis Linkevichga topshirildi.
Mukofotlar sohiblarini chin yurakdan tabriklaymiz va ularning ishlarida yanada katta muvaffaqiyatlar qozonishlarini tilaymiz!