Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz WIUTdagi ish o‘rinlari yarmarkasida

Shu hafta Mobiuz kompaniyasi vakillari Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida (WIUT) o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida qatnashdilar.

Mazkur tadbir yetakchi kompaniyalarni va karyerasida dastlabki qadamlarini tashlashga tayyor bo‘lgan istiqbolli talabalarni bir joyga to‘pladi.

Mutaxassislarimiz talabalarga Mobiuz’da ishlash va amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida ma’lumot berishdi, kompaniyada qaysi yo‘nalishlar rivojlanayotgani va qanday ko‘nikmalar talab etilishini batafsil tushuntirib o‘tishdi. Biz o‘zimiz bilan birga o‘sish va rivojlanishni xohlaydigan yosh mutaxassislarni jalb etishga harakat qilmoqdamiz.

Bo‘lajak nomzodlar bilan jonli muloqot olib borish bizga nafaqat ularni Mobiuz’dagi ish sharoitlari bilan tanishtirish, balki talabalarning kelajakdagi ish beruvchidan qanday umidlari borligini bilib olish imkonini berdi. Biz muloqotni qadrlaymiz va yangi iste’dodlarga doim ochiqmiz!

Bugungi kunda mobil aloqa shunchaki texnologiyalar emas, balki ijodkorlik, tashabbuskorlik va o‘rganishga intilish muhim ahamiyat kasb etadigan jadal rivojlanayotgan sohadir. Mobiuzda biz xodimlarimiz dadil g‘oyalarni amalga oshirishi va innovatsion kompaniyada o‘z karyeralarini qurishi uchun qulay muhit yaratmoqdamiz.

Jamoamizning a’zosi bo‘lishni xohlasangiz, bizga qo‘shiling! Joriy bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotni rasmiy Telegram kanalimizda topishingiz mumkin. Mobiuz sizni kutmoqda!

Ro'yxatga qaytish