"Muvaffaqiyat tarixi" loyihasi doirasida Mobiuz’ning Billingni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimi Alisher Boqijonov Mobiuz’dagi karyerasi haqida so‘zlab berdi.
"Kompaniyadagi faoliyatim 2016-yilda boshlangan. O‘sha paytda men oddiy o‘smir edim: kompyuter o‘yinlarini yaxshi ko‘rar, o‘zimning anime saytlarimni yaratib, boshqarardim. Biroq oilaviy maslahatda yaqinlarim menga oila byudjetiga hissa qo‘shish vaqti kelganini eslatishdi. Shunday qilib, men Mobiuz’da Call-markaz mutaxassisi lavozimiga suhbatga bordim.
Suhbat oson kechmadi – vazifalarn bajarish qiyin bo‘lib tuyuldi, lekin meni ishga olishdi. Shunday qilib, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi birinchi tajribam boshlandi.
Birinchi ish oyida meni rahbar suhbatga chaqirdi. "Men ilgari bunday past tezlikni hech qachon ko‘rmaganman" degan unutilmas so‘zlar xotiramga muhrlanib qoldi. Rekordchi bo‘lishimni xayolimga ham keltirmagandim., lekin bu record... sekinlik bo‘yicha edi! Ammo hamkasblarimning qo‘llab-quvvatlashi tufayli rivojlana boshladim.
2018-yilda men katta mutaxassis lavozimiga ko‘tarildim va shu bilan birga Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kirdim. O‘qish va ishni muvozanatlashtirish oson bo‘lmadi, ammo rahbariyat doimo yordam qo‘lini cho‘zib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib turdi. Asta-sekin jarayonlarni avtomatlashtirish va ma’lumotlar bilan ishlashda o‘rnimni topib oldim, hatto hamkasblarim meni "jadval-odam" deb atay boshlashdi.
2023-yilga kelib, to‘plagan tajribam va texnologiyalarga bo‘lgan chuqur qiziqishim tufayli IT sohasida rivojlanishni istayotganimni angladim. Bahorda CRM guruhida bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘ldi va men darhol rezyumemni topshirdim. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgach, IT departamentining a’zosiga aylandim va endi barcha abonentlarning o‘zaro aloqada bo‘lishimiga yordam beradigan vazifalarga mas’ulman.
Men olgan eng muhim saboq: kichkinadan boshlashdan cho‘chimang. Har qanday ish – bu tajriba, tajriba esa muvaffaqiyatning kalitidir!”