Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Birgalikda 10 yil: Mobiuz mobil operatori faoliyatining o‘n yilligini nishonlamoqda

1 dekabr – tug‘ilgan kunimiz munosabati bilan amaldagi va yangi abonentlariga yoqimli yangiliklar ulashmoqdamiz!

Kompaniya tashkil etilgan paytda o‘z oldiga oddiy va tushunarli maqsad qo‘ygandi. Operator nafaqat sifatli aloqa xizmatlarini taqdim etish, balki har bir abonentning kundalik hayotining bir qismi bo‘lish sari intilib keldi.

Mobiuz yillar davomida millionlab odamlarning ishonchli do‘stiga aylanganidan va ular uchun eng qimmatli narsa – yaqinlari, hamkasblari va do‘stlari bilan aloqada bo‘lish imkoniyatini taqdim etayotganidan faxrlanadi. Biz raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi maqsadlariga erishish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etyapmiz.

Uyali aloqa – bu shunchaki texnologiya emas. Bu yaqinlar, do‘stlar va hamkasblar o‘rtasidagi aloqalardir. Bu yuzlab kilometr uzoqda bo‘lgan yaqin insonlarning ovozlarini eshitish va ularni onlayn ko‘ra olish quvonchidir. Bu – ishlash, o‘qish va orzu qilish erkinligi.

Shu nuqtai nazardan Mobiuz faoliyati o‘n yil ichida o‘sish, innovatsiyalar va millionlab birlashtirilgan taqdirlar tarixiga aylandi.

Keng qamrov: Kompaniyamizning tarmog‘i O‘zbekistonning aholi yashaydigan hududlarining 98% dan ko‘prog‘ini qamrab oladi, hatto olis hududlarda ham yuqori tezlikdagi internetga kirish imkonini beradi.

Zamonaviy texnologiyalar: Mobiuz aloqani qulaylashtiradigan innovatsiyalarni joriy etib kelmoqda. VoWiFi (2024 yilda), VoLTE va ViLTE (2023 yilda), 5G (2021-2022 yillarda), eSIM (2021 yilda) va boshqa o‘z davri uchun innovatsion yechimlar bunga yorqin misoldir.

Ishonchli jamoa: Mobiuz xizmatlaridan foydalanishning har bir daqiqasini qulay qilish uchun 2 mingdan ortiq xodim tinimsiz faoliyat olib bormoqda.

Millionlab foydalanuvchilar: Mobiuzni 7,8 milliondan ortiq abonentlar tanladi, bu kompaniyaning sifat va innovatsiyalarga intilishini tasdiqlaydi.

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash: 2,1 mingdan ortiq biznes hamjamiyati vakillari butun respublika bo‘ylab 3 mingdan ziyod savdo shahobchalarida Mobiuz dilerlik xizmatlarini ko‘rsatmoqda.

Yoshlar va sportni qo‘llab-quvvatlash: Operator homiyligidagi "Olympic Mobiuz" futbol jamoasi 2028 yilda Los-Anjelesda (AQSh) bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga futbol bo‘yicha terma jamoani tayyorlashga yordam bermoqda.

Abonentlarimizning sodiqligi va bizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun “Rahmat!” deymiz hamda 10 000 MB gacha bo‘lgan bayramona internet-to‘plamlarini bonus sifatida sizlarga sovg‘a qilamiz! Hajm abonentning Mobiuz xizmatlaridan qancha vaqt foydalanayotganiga bog‘liq.

Lekin bu hali hammasi emas! 1-2 dekabr kunlari, shuningdek, butun dekabr davomida kompaniya yangi aksiyalar, tanlovlar, ulanish uchun raqamlar va boshqa yoqimli syurprizlar bilan bog‘liq ko‘plab yangiliklarni e’lon qiladi. Barcha ma’lumotlar tezkorlik bilan, shu jumladan MyMobiuz Telegram-kanalida (https://t.me/MyMobiuz) joylashtirilib boriladi.

10 yil – bu faqat boshlanishi. Biz xizmatlar sifatini yaxshilash va abonentlarning o‘sib borayotgan talablariga javob berish uchun zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etishda davom etamiz. Sun’iy intellekt va raqamlashtirish orqali kompaniya abonentlarga yanada qulay xizmatlar va shaxsiy yondashuvni taklif qilib boradi.

Shuningdek, aloqa va qo‘shimcha xizmatlarni boshqarishni yanada qulaylashtiradigan raqamli platformalar va xizmatlarga jiddiy e’tibor qaratib boramiz. Operator yangi vositalar va texnologiyalardan foydalanishni bosqichma-bosqich kengaytirib, mamlakatda raqamli muhitni rivojlantirishga hissa qo‘shishda davom etadi.

Ro'yxatga qaytish