Tez va jadal rivojlanayotgan texnologiyalar dunyosida, hatto eng ishonchli kompaniyalar ham profilaktika ishlarini olib borish zaruratiga duch keladi.
Kutilmagan holat natijasida hozirda Mobiuz’ning ba'zi xizmatlari faoliyati cheklangan. Hususan, raqamlar balansini va turli to‘plamlar qoldig‘ini tekshirish, yangi xizmatlarni faollashtirish, hisobni to‘ldirish, yangi raqamlarni ulash kabi xizmatlardan vaqtincha foydalanib bo‘lmayapti. Texnik ishlar kompaniyaning billing tizimida olib borilayotganligi sababli kompaniyaning mobil ilovasidan foydalanishni ham vaqtinchalik iloji yo‘q.
Mobiuz’ning va tashqi xizmat ko‘rsatuvchi hamkorlarimizning mutaxassislari ushbu xizmatlarni avariyaviy-tiklash ishlarini olib borishda tinimsiz mehnat qilmoqda.
Bizning asosiy xizmatlarimiz - mobil internet, ovozli qo'ng'iroqlar, SMS-xabarlar odatdagidek ishlamoqda. Balansingizda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, tarif rejangizda yoki internet-to‘plamingizda megabaytlar qolmagan bo‘lsa ham, kompaniya avariyaviy-tiklash ishlari davomida xizmat ko‘rsatishni to‘xtatmaydi. Ya'ni, balansingizni to'ldira olmagan bo'lsangiz yoki tarifdagi to‘plamlar qolmaganligida, raqamingiz bandlanmaydi yoki manfiy balansga o‘tib ketmaydi. Siz aloqada qolishingiz va raqamingiz haqida qayg'urmasligingiz mumkin!
Ishlar muvaffaqiyatli yakunlanganidan so'ng kompaniya abonentlarni bu haqda xabardor qiladi hamda tarif va xizmatlaringiz holatini qayta ko‘rib chiqish uchun barcha zarur choralarni ko'radi. Biz xizmatlarimizni imkon qadar tezroq tiklashdan va raqamlaringizni boshqarish uchun sizlarga to‘liq imkoniyat berishdan manfaatdormiz.
Kompaniya yuzaga kelgan vaziyat uchun samimiy uzr so'raydi va to‘g‘ri tushunishingizga umid qiladi! Mobiuz’ni tanlaganingiz va xizmatlarimizdan foydalanishda davom etayotganingiz uchun rahmat aytamiz!
Savollaringiz bo‘lsa, quyidagi yo‘llar bilan bizga murojaat qilishingiz mumkin:
· (+998) 97 1300909 raqami bo‘yicha Mobiuz call-markaziga qo‘ng‘iroq qilib;
· https://t.me/mobiuzchatbot Telegram chat-botiga yoki ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga yozib;
· kompaniya va hamkorlarining respublika bo'yicha ofislariga kelib.