Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Samarqand viloyati Oqchopsoy qishlog‘idan kelgan murojaat o‘rganildi

2024-yil 22-mart kuni Telegram-kanallardan birida Samarqand viloyati Qo‘shrobod tumani Oqchopsoy qishlog‘i aholisi nomidan Mobiuz tayanch stansiyasi o‘rnatilishi lozimligi haqida post e’lon qilindi.

23-mart kuni Mobiuz’ning Samarqand shahridagi Xizmat ko‘rsatish markazi rahbari va Kompaniyaning texnik mutaxassislari ushbu murojaatni o‘rganish maqsadida Oqchopsoyga tashrif buyurishdi.

Oqchopsoy va unga yaqin qishloqlar Nurota tizmasining baland tog‘larida joylashgan. Bu yerning relyefi murakkab, daralar koʻp, xonadonlar notekis taqsimlangan. Mobiuz mutaxassislari hududni va yangi tayanch stansiyasini o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganib chiqdi.

 

Tashrif davomida “Oqchopsoy” MFY raisi va qishloq faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Aloqa sifatini yanada oshirish va bu boradagi faol hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Kompaniya mutaxassislari Oqchopsoy va unga yaqin qishloqlarda texnik obyekrlarni o‘rnatish masalasini o‘rganmoqda.

Ro'yxatga qaytish