Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Fotoreportaj: 2024-yil 16-18 martdagi umumxalq xayriya hashari

   

  

Joriy yilning 16-18 mart kunlari Mobiuz mobil operatori xodimlari “Obod va fayzli mahalla - yurt koʻrki” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida ishtirok etdi.

Mobiuz’ning Markaziy ofisi va hududiy bo‘linmalari vakillari tomonidan atrof-muhitni tozalash, ko‘chatlar ekish, ariq va drenaj tizimlarini tozalash, sanitariya-gigiyena va agrotexnik tadbirlar amalga oshirildi.

Hashar – xalqimizning qadimiy va betakror an’analaridan biri, boy madaniyatimizning bir qismidir. Mobiuz farovonlik, mehr-oqibat, hamjihatlik va atrof-muhitga hurmat ramzi bo‘lgan ushbu an’anani hurmat qiladi va qo‘llab-quvvatlaydi.

Ro'yxatga qaytish