Biz ijtimoiy tarmoqlarda
MWC 2024: Mobiuz hamkorlik memorandumlarini imzoladi

 

26-29 fevral kunlari Barselonada (Ispaniya) Mobile World Congress (MWC 2024) boʻlib oʻtdi. Ko‘p yillik an’anaga ko‘ra Mobiuz delegatsiyasi bu tadbirlarda ishtirok etdi.

MWC – bu GSM Assotsiatsiyasi (GSMA) tomonidan tashkil etiladigan tadbir. Mobiuz ushbu assotsiatsiyaning to‘laqonli a’zosi sifatida har yili MWC ishtirokchilari bilan bilim va tajriba almashadi, biznes va sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi, O‘zbekistonda joriy etish maqsadida yangi texnologiyalar bilan tanishadi.

Bunday hamkorlik natijasida 2023-yilda Mobiuz birinchi bo‘lib O‘zbekiston bo‘yicha VoLTE va ViLTE xizmatlarini ishga tushirdi, shuningdek birinchi bo‘lib LTE 2100 standartidan foydalana boshladi. O‘tgan yili VoWiFi imkoniyatlari ham birinchi marta aynan Mobiuz tomonidan namoyish etildi.

Bu boradagi ishlarni davom ettirish muhim. Shundan kelib chiqib, MWC 2024 ko‘rgazmasida Mobiuz delegatsiyasi asosiy e’tiborni jahonning telekommunikatsiya mahsulotlari va xizmatlarini yetakchi yetkazib beruvchilari bilan faol muzokaralar olib borishga qaratdi. Yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan bevosita muloqot kengaytirildi.

MWC doirasida Mobiuz mobil operatori va Xitoyning yetakchi ishlab chiqaruvchilari Huawei va ZTE bilan hamkorlik memorandumlari va yangi istiqbolli loyihalarni imzolandi. Natijada Mobiuz rivojlanishning yangi bosqichini boshlaydi va O‘zbekiston aholisi uchun telekommunikatsiya xizmatlarini kengaytirishda davom etadi.

Ro'yxatga qaytish