Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz’ning 2024-yilgi rejalari muhokama qilindi

  

Toshkent shahrida Mobiuz bolinmalari, hududiy Xizmat ko‘rsatish markazlari va Texnik bolimlar rahbarlari ishtirokida ichki anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kompaniyaning 2023-yildagi rivojlanish natijalari tanqidiy tahlil qilindi va 2024-yilga mo‘ljallangan global rejalar muhokama qilindi. Moliyaviy, texnik bloklar, Savdo va marketing bloki, Xodimlar bilan ishlash departamenti, Komplayens bo‘limi, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi, Jamoatchilik bilan aloqalar guruhining hisobotlari tinglandi. Biznes-jarayonlarni yanada optimallashtirish, texnik va tijorat rivojlanishini jadallashtirish yuzasidan fikrlar almashildi.

Samarqand, Andijon, Shahrisabz va Jizzax shaharlaridagi Xizmat ko‘rsatish markazlari jamoalarining Kompaniyani tijorat va texnik rivojlanishdagi samarali faoliyatiga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi. Mazkur hududiy Xizmat ko‘rsatish markazlari rahbarlariga diplom va pul sertifikatlari topshirildi.

Konferensiya doirasida Xodimlarni o‘qitish hamda rivojlantirish bo‘limi tomonidan yetakchilik qobiliyatini oshirish, qabul qilingan qarorlar uchun mas’uliyat darajasini yuksaltirish, jamoani shakllantirishga qaratilgan treninglar o‘tkazildi.


Ro'yxatga qaytish