Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz mobil aloqani rivojlantirish uchun yangi investitsiya loyihalarini amalga oshiradi

  

Mobiuz va xitoylik ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonda 2024-2028-yillarda mobil aloqani rivojlantirishni nazarda tutuvchi yangi hujjatlar to‘plamini imzoladilar.

Mobiuz mobil operatori o‘z tarmoqlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va aholining raqamli imkoniyatlarini kengaytirishga intilmoqda. Xususan, o‘tgan yili kompaniya birinchi bo‘lib O‘zbekiston bo‘ycha VoLTE va ViLTEdan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi. Bunday yechimlarni amalga oshirish uchun yirik investitsiyalar, ilg‘or bozorlar va ishlab chiqaruvchilarga chiqish, ular bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish talab etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida 2024-yil 25-yanvar kuni Shenchjen shahrida Investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Mobiuz va Xitoyning yetakchi kompaniyalari Huawei va ZTE hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan yangi hujjatlarni imzoladi.

Xususan, Mobiuz va Huawei o‘rtasida 2024-2028-yillarda Mobiuz mobil aloqa tizimlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish loyihasi bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Umumiy qiymati 80 million dollar bo‘lgan loyiha yangi va modernizatsiya qilingan tayanch stansiyalarini ishga tushirishni maqsad qilgan. Natijada Mobiuzning 5G va 4G tarmoqlari qamrovi kengaytiriladi, aholi zich joylashgan hududlar va qishloqlarda yangi turdagi tayanch stansiyalari joylashtiriladi hamda zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi.

Mobiuz va ZTE o‘rtasida 2024-2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kompaniya tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Umumiy qiymati 20 million dollar bo‘lgan loyiha doirasida ZTE O‘zbekistonning ikki g‘arbiy viloyatida mobil aloqani yanada rivojlantirish uchun zarur uskunalar va tegishli texnologiyalarni yetkazib beradi.

Hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi ushbu shartnomalar 2023-yil may oyida O‘zbekiston va Xitoy telekommunikatsiya kompaniyalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Bundan tashqari, joriy yilning 25-yanvarida Mobiuz va Huawei o‘rtasida 2024-2025-yillarda O‘zbekiston bo‘yicha Massive MIMO FDD texnologiyasini yanada tatbiq etish bo‘yicha kelishuv ham imzolandi.

Umumiy qiymati 4,9 million AQSH dollari bo‘lgan loyiha Massive MIMO – bir nechta chastota kanallaridan foydalanish orqali ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirish texnologiyasini faol joriy etishga qaratilgan. Eslatib o‘tamiz, 2023-yil davomida Mobiuz o‘z tarmoqlarida Massive MIMOni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi va ishga tushirdi.

Mobiuz uyali aloqa operatori xorijiy investitsiyalarni 2019-yildan faol jalb qilishni boshlagandi. O‘shanda 2021-2024-yillarda mobil aloqani rivojlantirish uchun umumiy qiymati 150 million dollarlik loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgandi. Ushbu loyiha muddatidan bir yil avval muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

2023-yilda Mobiuz Farg‘ona vodiysida 4G LTE tarmog‘ida TDD (Time-division duplexing) texnologiyasini joriy etish bo‘yicha 4,5 million yevrolik investitsiya loyihasini ham muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Mobiuzning barcha yangiliklari bilan pr.mobi.uz saytida tanishib chiqishingiz mumkin.

Ro'yxatga qaytish