Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz 5G, VoLTE va ViLTE’ni namoyish etmoqda

ICTEXPO 2022 ko‘rgazmasida Mobiuz O‘zbekistonda birinchi bo‘lib to‘rtinchi avlod tarmoqlarining yangi imkoniyatlari – VoLTE va ViLTE’ni namoyish ko‘rsatmoqda.

Korxonada zamonaviy texnologiyalar va yechimlarni joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hususan, 2021-yil aprel oyida Mobiuz birinchi bo‘lib eSIM’ni bozorga chiqardi. 2022-yil avgust oyida Mobiuz 5G tarmog‘i tijorat foydalanishga topshirildi, u hozirda Toshkentning o‘ndan ortiq manzillarida ishlab turibdi, mobil aloqa operatorlari ichida maksimal qamrovni ta’minlamoqda.

Mobil operatorning navbatdagi yuqori darajadagi texnologik yangiliklari VoLTE va ViLTE bo‘lishi kutilmoqda. 24-26 oktabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtaotgan ICTEXPO 2022 koʻrgazmasidagi kompaniya stendida aynan ularga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

ICTEXPO 2022 ko‘rgazmasining ochilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov birinchi bo‘lib VoLTE/ViLTE bilan tanishdilar. Shuningdek, ularga 5G tarmog‘ining tezlik imkoniyatlari namoyish etildi.

VoLTE (Voice over LTE) qo'ng'iroqlar uchun LTE tarmog'idan foydalanish imkonini beruvchi texnologiyadir. Odatda 4G LTE tarmog'ida bo‘lgan abonent faqat mobil Internetdan foydalanishi mumkin, qo'ng'iroq qilishda esa tarmoq 3G/2G ga o'tadi. VoLTE’dan foydalanish bilan bu noqulaylik bartaraf etiladi - qo'ng'iroqlar ma'lumotlar to‘plamlari shaklida uzatiladi.

VoLTE’ning afzalliklari - tezkor ulanish tezligi (bir necha soniya), qo'ng'iroq paytida mobil Internetdan foydalanish imkoniyati, muloqot paytida tiniq ovoz va boshqalar.

ViLTE (Video over LTE) — qandaydir mobil ilovalaridan foydalanmagan holda 4G LTE tarmog‘idagi abonentlar o‘rtasida video aloqa texnologiyasi. Ushbu xizmatni qo'llab-quvvatlaydigan mobil qurilmaga ega bo'lish va to'rtinchi avlod tarmog'ining qamrov hududida bo‘lish kifoya.

Hozirda texnologiyani zarur sinovlardan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Muvaffaqiyatli natijalardan keyin Mobiuz abonentlar uchun VoLTE/ViLTE’ni bosqichma-bosqich joriy qilishni boshlaydi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan ko‘plab mehmonlar, jumladan Mobiuz’ning amaldagi va yangi abonentlari hozirning o‘zida VoLTE/ViLTE’dan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. Samarqand shahri aholisi va mehmonlari 26-oktabr ish kuni tugagunga qadar ko‘rgazma va Mobiuz stendiga tashrif buyurishlari mumkin.

ICTEXPO va ICTWEEK 2022 AKT haftaligi doirasidagi boshqa tadbirlar Silk Road Samarkand majmuasi hududida oʻtmoqda.

Ro'yxatga qaytish