ICTEXPO 2022 AKT haftaligi doirasida Mobiuz mobil aloqa operatori va Xitoyning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri Huawei kompaniyasi 25,4 million dollarlik navbatdagi buyurtmani imzoladi.
Ayni paytda Mobiuz kompaniyasi xitoylik hamkorlar bilan birgalikda umumiy qiymati 150 million AQSh dollariga teng investision loyihani amalga oshirmoqda. U operatorning texnologik jihozlarini to‘liq modernizasiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.
4G LTE qamrovining kengayganligi, 5G tarmog‘ini joriy etish boshlanganligi hamda VoLTE/ViLTE texnologiyalarini ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rinayotgani muvaffaqiyatli hamkorlikning yorqin namunasidir.
2021-2024 yillarga mo‘ljallangan investisiya loyihasi Huawei kompaniyasidan uskunalar sotib olish orqali mablag‘larni bosqichma-bosqich o‘zlashtirishni nazarda tutadi. ICTWEEK doirasida imzolangan buyurtma bu boradagi hujjatlarning beshinchisi bo‘ldi
Mobiuz va Huawei vakillari kompaniyalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga ishonch bildirdi.