Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz’ning 4G LTE tarmog‘i 86,4 foiz aholini qamrab oldi

2022 yilning birinchi yarmida mobil operator 490 ta tayanch stansiyasini ishga tushirdi, shundan 232 tasi mutlaqo yangi joylashuvlar bo‘yicha o‘rnatildi.

Mobiuzning joriy yil olti oy davomidagi faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan onlayn brifingda bu haqida so‘z yuritildi. Ma’lumotlarni kompaniya matbuot kotibi Sardor Tojiyev taqdim etdi.

Mobil operatorning abonentlari soni 6,6 millionga yaqinlashdi. O‘rta statistik hisoblarga ko‘ra kompaniyaning bitta abonenti oyiga 909 daqiqa (MoU ko‘rsatkichi) va 4009 MB sarflaydi (MBoU ko‘rsatkichi)

Brifingda Mobiuz aloqa markazi raqamlariga abonentlardan 5,8 milliondan ortiq qo‘ng‘iroqlar kelib tushgani. Ularning 56 foiziga IVR tizimi orqali avtomatik tarzda xizmat ko‘rsatilgan, 2.3 mln.dan ziyod murojaatlar esa kompaniya operatorlari tomonidan ko‘rib chiqilgan. Ijtimoiy tarmoqlar orqali 13,9 mingdan ortiq murojaatlar qabul qilingan va ko‘rib chiqilgan. Ularning asosiy qismi kompaniyaning Chat Mobiuz Telegram-guruhi (https://t.me/ChatMobiuz) orqali kelgan.

Joriy yilning olti oyida Mobiuz beshta yangi tarif rejasini - Mobi 20 Yillik, Mobi 16 va 50+, Gap Yo‘q Mini va Gap Yo‘q Maxi - taqdim etdi. Shuningdek, Gap Yo‘q Pro tarifida va korporativ mijozlar uchun Corporate 80, 100, 130 va 200 tariflarida megabaytlar hajmi oshirildi. 

- Reja va g‘oyalarimizni amalga oshirish borasida joriy yarim yillik juda samarali bo‘ldi. Shu vaqt ichida biz 490 ta tayanch stansiyasini ishga tushirish bilan bir qatorda 12,5 kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari o‘tkazildi, 439 ta radiorele aloqa liniyalari oraliqlari qurildi va modernizatsiya qilindi. Yana bir muhim yutuq - Samarqandda 5G tarmog‘ini sinovdan o‘tkazishni boshlangani bo‘ldi”, - dedi Sardor Tojiyev. 

Kompaniya rivojlanishining boshqa tafsilotlari bilan uch daqiqalik videoda tanishib chiqishingiz mumkin: https://youtu.be/BmG6mrZ535w.


Ro'yxatga qaytish