Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Mobiuz murabbiylik tizimini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda

Mobiuz murabbiylik tizimini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratmoqda.

Kompaniyamizdagi murabbiylar – bu o‘zi katta tajribaga ega bo'lgan, tajribasi kamroq xodimlarning moslashishiga, rivojlanishiga yordam beradigan va ularning faoliyati natijalarini baholashda ishtirok etadigan mutaxassislardir.

Ulardan biri Urganch shahridagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazi yetakchi mutaxassisi Ikrom Matkarimov. U shu kunlarda “Murabbiylar maktabi” ichki korporativ kursini muvaffaqiyatli tamomladi.