Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz xodimlari "Hayot"ga yordam ko'rsatdi
Hayvonlar – e'tibor va g'amxo'rlikka muhtoj bo'lgan kichik birodarlarimizdir.

Buni inobatga olgan holda Mobiuz jamoasi tomonidan “Qarovsiz qolgan xayvonlarni himoya qilish jamiyati” NNT uchun ixtiyoriy ravishda pul mablag‘lari yig‘ildi.

Hozirda Markaziy Osiyodagi eng yirik boshpanalardan biri – “Hayot” hududida 4000 dan ortiq it boqilmoqda. Mobiuz vakillari bu yerga tashrif buyurib, faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda yig‘ilgan moddiy yordamni topshirdi.

“Hayot”ning barcha ko‘ngillilariga boshpanasiz hayvonlarga yordam va ko'mak ko'rsatishda, jamiyatda ularga nisbatan mas'uliyatli munosabatni shakllantirishda muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.
Ro'yxatga qaytish