Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz korporativ tarif rejalaridagi internet hajmini oshirdi

Mobiuz’ning “Corporate” tariflari qulay internet va qo'shimcha xizmatlar tufayli yanada jozibador bo'ldi.

Mobil aloqa biznes uchun katta rol o'ynaydi. U xodimlar, mijozlar, hamkorlar, bo‘lajak xaridorlar bilan o‘zaro bog‘liqlikni ta'minlaydi. Korporativ aloqa uchun to'lov amalga oshirar ekan, har qanday rahbar xodimlari raqamlarini muntazam ishlab turishini ta’minlaydi. Ishchilar esa mobil aloqa uchun xarajatlar haqida unutishlari mumkin bo‘ladi, ya’ni ular o‘ziga hos ravishda rag'batlantiriladi.

Mobiuz mobil operatori yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik, o'rta va yirik biznes vakillari uchun “Corporate” tariflarini taqdim etadi. Ular abonent to‘lovi oyiga 30 000 so‘mdan 200 000 so‘mgacha bo‘lgan hamda ko‘plab qo‘shimcha xizmatlarni o‘z ichiga olgan tarif rejalaridir.

Ayniqsa, yaqinda internet-trafik hajmi sezilarli darajada oshirgan Corporate 80, 100, 130 va 200 tariflari alohida e'tiborga loyiqdir. Ularga ulanayotgan mijozlar (tanlangan tarifga qarab) “Steel”, “Steel Light”, “Bronze”, “Silver Light”, “Silver” kabi alohida toifadagi raqamlarga 100% chegirmalarni olishi mumkin.

“Corporate 80” – 40 000 MB, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 5 000 daqiqa, tarmoq ichida bepul muloqot va 3 500 ta SMS-xabarni o‘z ichiga olgan. Abonent to‘lovi oyiga 80 ming so‘m.

“Corporate 100” – 80 000 MB, O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 5 000 ta SMS-xabarni jamlagan. Abonent to‘lovi 100 ming so‘m.

“Corporate 130” esa 100 000 MB, cheksiz muloqot, 10 000 ta SMS-xabardan foydalanish imkonini beradi. Oylik abonent to‘lovi 130 ming so‘m.

“Corporate 200” oyiga 200 000 so'mga naq 160 000 MB, cheksiz qo'ng'iroqlar, 10 000 ta SMS-xabarlarni taqdim etadi.

Biznes hamjamiyati vakillari Mobiuz korporativ tarif rejalarida qulay, foydali, dolzarb xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

"Cheksiz" xizmati bilan (tarif rejasiga kiritilgan daqiqalar yoki megabaytlar tugaganidan keyin) qo'ng'iroqlar va internet oddiy foydalanishga nisbatan bir necha barobar arzonlashadi.

"Qulay almashuv" xizmati daqiqalarni megabaytlarga va aksincha almashtirish imkonini beradi.

"Inspektor" xizmati tarif rejasi bo‘yicha internet yakunlangandan keyin ortiqcha MB sarflanishini cheklaydi, "Inspektor. Ovoz” esa huddi shu tariqa ortiqcha daqiqalar sarflanmasligini nazorat qiladi.

Mobiuz korporativ mijozlarga boshqa bir qator qulaylik va imtiyozlarni taklif qilishga tayyor. Qo'shimcha ma'lumot uchun 0990 (faqat korporativ mijozlar uchun), 97 1300909 raqamlari qo‘ng‘iroq qilishingiz, shuningdek, Mobiuz’ning barcha hududlardagi ofislariga murojaat qilishingiz mumkin.

Veb-sayt: https://corp.mobi.uz.

Ro'yxatga qaytish