Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Qashqadaryo viloyatida fuqarolar qabuli

Mobiuz’ning turli boʻlinmalari rahbarlari muntazam ravishda hududlarga borib, ishlarni joylarda oʻrganmoqdalar.

Kompaniyaning Xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishilmoqda, texnik rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda, aholi, tadbirkorlar, tijorat hamkorlari bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Mobiuz Bosh direktorining marketing va savdolar bo‘yicha o‘rinbosari Lola Filatova boshchiligidagi ishchi guruh fuqarolarni qabul qildi.

Tadbir davomida yangi tayanch stansiyalarini o‘rnatish, xizmatlarni joriy etish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Barcha murojaatlar nazoratga olindi, bir qatorlari esa joyida hal etildi.

Ro'yxatga qaytish