Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Qashqadaryo viloyatida 4G LTE kengaymoqda
Qashqadaryo viloyati abonentlari va mehmonlari uchun ajoyib yangilik. Qarshi va Shahrisabz shaharlaridagi Mobiuz Xizmat ko‘rsatish markazlarining texnik jamoalari tomonidan 27 ta yangi tayanch stansiyalari tijoriy foydalanishga topshirildi!

Ularning joylashuvlari:
  • Qarshi shahri, Beshkent avtomobil yo‘lining 6-kilometri;
  • Dehqonobod tumani, “Istiqlol” MFY;
  • Koson tumani: “Arabxona” MFY, Pistali va Raimso‘fi qishloqlari;
  • Kasbi tumani, Xoʻjakarluk qishlogʻi;
  • Kitob tumani, Obikanda qishlog‘i;
  • Mirishkor tumani: Guliston, Jenau, Pomuk va Yangi Mirishkor qishloqlari;
  • Muborak tumani: Gulshan, Xitoy va Shex qishloqlari, shuningdek, Muborak sanoat zonasi hududi;
  • Nishon tumani, “Nishon” MFY;
  • Qarshi tumani: Gubdin, Qoratepa, Kovchin, Nukrabot va Xilol qishloqlari;
  • G‘uzor tumani: “Amir Temur” MFY, Qo‘ratikan, Qo‘shtepa va Sho‘rtan qishloqlari;
  • Chiroqchi tumani: Mullaquvvat va Oqquduq qishloqlari.
Buning natijasida 4G LTE qamrovi kengaytirilib, yuqorida keltirilgan va ularga yaqin aholi punktlarida tarmoq signalining barqarorligiga erishildi.

Mobiuz respublikamizning boshqa hududlarida yana oʻnlab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi.
Ro'yxatga qaytish