Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Buxoroda yangi tayanch stansiyalari
Buxoro viloyati aholisi uchun ajoyib yangilik! Buxoro shahridagi Mobiuz xizmat ko‘rsatish markazining Texnik bo‘limi mutaxassislari tomonidan 15 ta yangi tayanch stansiyalari tijorat yo‘nalishida ishga tushirildi.

Ularning barchasi yangi joylarda ishga tushirildi, bu esa Buxoro viloyatining shahar va tumanlarida 4G LTE qamrovini kengaytirish, aloqa va internet sifatini yaxshilash imkonini berdi.

Stansiyalar manzillari:
  • Buxoro shahri: "Utror" MFY;
  • Buxoro tumani: Bog‘ikalon ("Bog‘ikalon" MFY), Dehcha (“Rabotikalmoq” MFY), Chorraha ("Yangi turmush" MFY), Labobiyon ("Kavola Maxmud" MFY);
  • Peshku tumani, Xayrob aholi punkti ("Turkiston" MFY);
  • Qorako'l tumani: Sayat ("Quyi Yangibozor" MFY) va Pirlar ("Qozon" MFY) aholi punktlari;
  • Romitan tumani, Yangi Sho'rcha aholi punkti (“Sho‘rcha” MFY);
  • Vobkent tumani: “Do‘stlik” MFY, Juyi Adoq (“Diyor” MFY), Qipchoq (“Qipchoq” MFY), Shanba (MFY “Shanba”), Rostbadan (“Kosari” MFY) aholi punktlari;
  • G'ijduvon tumani, G'ijduvon shahridagi Paxtakor ko‘chasi.
Mamlakatimiz bo'yicha yangi texnik obyektlarni faol qurish ishlari davom etmoqda.
Ro'yxatga qaytish