Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz: kompaniya 8-martni qanday nishonladi?

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha muassasalar o'zlarining go'zal xodimalarini tabriklashga alohida e‘tibor qaratishadi. Mobiuz ham bundan mustasno emas.

Ushbu kun kompaniyaning xodimalari uchun yoqimli tasurotlardan boshlandi. Axir ular o’zgacha hurmat va ehtirom ila guldastalar bilan kutib olindi. Kompaniyada yuzlab xotin-qizlar faoliyat olib borishiga qaramay, bayram kuni ularning bittasi ham e’tibordan chetda qolmadi.

Ayol har zamon go'zallik, mehr, iliqlik va g'amxo'rlik ramzi hisoblangan. Ayollar tufayli uy, oila, farzandlar kabi qadriyatlar o'zgarmasdir. Ular oilaning tinchligini asrab, hayotning barcha qiyinchilik va mashaqqatlarini yengib o‘tib, dunyomizni yanada go‘zal va yorqinroq qilishadi. Faqat xotin-qizlar noziklik va qat'iyatni, donolik va yoshlikni uyg'unlashtirishga muvaffaqdurlar.

Zamonaviy ayol nafaqat g'amxo'r ona va namunali jufti halol, balki o’z ambitsiyalariga va rivojlanish istagiga ega bo’lgan ajoyib xodimlar hamdur. Bugungi kunda ayollar qobiliyati va iste'dodlarini ko'rsatmaydigan soha deyarli qolmadi. Axir, faqatgina ular bir vaqtning o’zida kasbiy muvaffaqiyatga erishishlari, yaqinlari haqida g’amxo’rlik qilishlari va oiladagi tinchlikni saqlashi mumkin. Ular hayotimizga uyg'unlik va osoyishtalik olib keladi, uni iliqlik va sevgi bilan to'ldiradi.

Video: https://youtu.be/CojPHg7H0D8 

Ro'yxatga qaytish