Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Olis qishloqlarga 4G LTE kirib bormoqda

Mobiuz olis qishloqda 4G LTE tarmog‘i qamrovini kengaytirishni davom etmoqda.

O‘tgan hafta davomida kompaniya texnik jamoasi tomonidan 30 dan ko‘proq stansiyalari tijoriy foydalanishga topshirildi. Hususan, stansiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasining 16 ta tumani, shuningdek, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida efirga ulandi.

Ularning manzillari:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

  • Amudaryo tumani: Bobur, Oqoltin, Qilichboy va Toʻlqin OFY;

  • Beruniy tumani: Oltinsoy va Qizilkapa OFY;

  • Bozatau tumani: Yerkindaryo OFY va Qozonketken qishlog‘i;

  • Ellikqal’a tumani, Guliston OFY;

  • Kegeyli tumani, Kegeyli qishlog‘i;

  • Mo‘ynoq tumani: Qozoqdaryo OFY va Aliovul qishlog‘i;

  • Nukus tumani: Nukus poligoni va Jamansha qishlog‘i;

  • Qonliko‘l tumani, Beshko‘pir qishlog‘i;

  • Qorao‘zak tumani, Qoybaq OFY;

  • Qo‘ng‘irot tumani, Oltinko‘l qishlog‘i;

  • Taxiatosh tumani: Taxiatosh shahridagi Tashovuz ko‘chasi va Keneges OFY;

  • Taxtako‘pir tumani, Qaraoy OFY;

  • To‘rtko‘l tumani, Tozabogep OFY;

  • Xojayli tumani, Mustaqillik OFY;

  • Chimboy tumani: Tazajoʻl, Kenes va Shahaman qishloqlari;

  • Shumanay tumani: Shumanay shahridagi Ajiniyoz ko‘chasi va Qorabayli qishlog'i.

Namangan viloyati

  • Mingbuloq tumani, Mehnatobod QFY;

  • Namangan tumani, Tepaqo‘rg‘on qishlog‘i.


Samarqand viloyati

  • Oqdaryo tumani, Qorateri qishlog‘i;

  • Samarqand tumani, Konigil MFY.


Farg'ona viloyati

  • Farg‘ona shahri, Shodiyev ko‘chasi;

  • Quva tumani, Kattaqishloq qishlog‘i.


Eslatib o‘tamiz, mazkur chora-tadbirlar Xitoy Xalq Respublikasi bilan investitsiya loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Ro'yxatga qaytish