Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz «Baxtliman» loyihasini amalga oshirmoqda

Loyiha turli yillarda mobil aloqa operatorining yirik aksiyalari g‘olibiga aylangan abonentlariga bag‘ishlanadi.

Har bir insonning hayotida bir umr esda qoladigan yorqin lahzalar va voqealar bo'ladi. Farzand tug'ilishi, ezgu orzu ro'yobga chiqishi, kutilmagan qimmatbaho sovrinni yutib olish...

Aynan oxirgisi “Baxtliman” loyihasining turli qahramonlari bilan sodir bo'ldi. Mobiuz mobil operatori abonentlari sifatida ular yirik pul sovrinlari yoki avtomobillarni yutib oldilar. Videolarda qahramonlar baxtli onlarni eslashadi, o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashadilar, shuningdek, yutuqni qo‘lga kiritganligi haqidagi xabarni qanday qabul qilishganini aytib berishadi.

“Baxtliman” – bu turli hudud va yoshdagi oddiy odamlarning hikoyasidir, lekin ularni bir narsa birlashtiradi – ularni hayoti tasoddifiy baxtli hodisa tufayli o‘zgargan.

Birinchi qahramon 2020-yilda AvtoMOBI aksiyasi g‘olibi, Malibu super sovrini sohibi. U uzoq vaqt davomida yutuqqa ishona olmaganligini va faqat avtomobilni olgan kundagina oilasi bilan xushxabarni baham ko'rganini so’ylab beradi...

Loyihaning birinchi soniga havola: https://youtu.be/iG2-NbtEt0U

Ro'yxatga qaytish