Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Jizzax va Sirdaryoda tijorat hamkorlari bilan uchrashuvlar
Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida Mobiuz kompaniyasining tijorat hamkorlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Ayni paytda mazkur ikki hududda Mobiuz bilan hamkorlik qilayotgan tadbirkorlarning 170 dan ortiq savdo shoxobchalari faoliyat yuritmoqda. Ular aholiga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishmoqda, zaruriy yordam va maslahatlar berishmoqda.
Uchrashuvlarda erishilgan yutuqlar va kelgusidagi ish rejalari muhokama qilindi, yangi maqsadlar belgilab olindi. Kompaniyaning eng faol hamkorlari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



Ro'yxatga qaytish