Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz o‘zining 7 yilligi munosabati bilan bayramona kayfiyat ulashmoqda

Mobiuzning yangi va amaldagi abonentlari uchun bonuslar, tanlovlar, yangi tarif rejasi va boshqa ko‘plab kutilmagan sovg‘alar mavjud.

Har yili 1 dekabr Mobiuz kompaniyasi uchun katta bayram. Zero, 2014-yilning aynan shu kunida mobil aloqa operatori tijoriy faoliyatini boshlagan va unga ilk abonentlar ulangan.

Butun faoliyati davomida Mobiuz O‘zbekiston uchun eng zamonaviy xizmatlar hamda aholi talablariga mos bo‘lgan mahsulot va xizmatlarni joriy etishga intilib kelmoqda. Masalan, u 2021-yilning aprel' oyidan buyon eSIM xizmatini mamlakatda ishga tushirgan yagona operator bo‘lib qolmoqda.

Kompaniya o‘zining 7 yilligini ulkan bilim, tajriba va yutuqlar bilan qarshi olmoqda. Shu kunga kelib Mobiuz 5 milliondan ortiq abonentlar va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘nlab tarif rejalari va xizmatlar joriy etilgan. Respublika bo‘yicha kompaniyaning 40 dan ortiq ofislari va tijorat hamkorlarining 1,9 mingga yaqin savdo shohobchalari xizmat ko‘rsatmoqda. Xitoy Xalq Respublikasi bilan investisiya loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilishni boshladi, uning doirasida hozirgi kungacha 1000 dan ortiq Mobiuz tayanch stansiyalari ishga tushirildi.

Mobiuz o‘zining tug‘ilgan kuni munosabati bilan barchani 7.mobi.uz saytiga taklif qiladi, bu yerda kompaniyaning rivojlanish tarixi va joriy faoliyatiga oid barcha foydali ma'lumotlar bilan tanishishib chiqishingiz mumkin. Mobiuzning amaldagi abonentlari o‘z ma'lumotlarini kiritishlari va xizmatlardan foydalanish tajribasi bilan tanishishlari, shuningdek, daqiqalar yoki megabaytlar ko‘rinishidagi yoqimli bonuslarga ega bo‘lishlari mumkin.

Mobiuz uchun 7 raqami har doim alohida ma'noga ega ekanligini hisobga olib, mobil operator o‘zining tug‘ilgan kunini o‘zgacha tarzda nishonlamoqda. Kompaniya yangi “Mobiuz 7 yil” nomli noyob tarif rejasini ishga tushirdi. Oyiga bor-yo‘g‘i 77 777 so‘m evaziga abonentlar 77 777 MB, O‘zbekiston bo‘yicha 7 777 daqiqa va 777 ta SMS-xabarga ega bo‘lishadi. Tarif rejasiga faqat 2021-yilning 31-dekabrigacha ulanish yoki o‘tish mumkin.

Shu kunlarda “Orzular uchun millionlar!” nomli ulkan aksiya ham davom etmoqda. Aksiya doirasida Mobiuz abonentlari 300 million so‘mgacha bo‘lgan pul yutuqlari va Dubayga ikki kishilik 4 ta yo‘llanma yutib olishlari mumkin.

Mobiuz ijtimoiy tarmoqlarda xam 7 yilligini keng nishonlamoqda – kompaniya o‘zining rasmiy Telegram kanali (https://t.me/MyMobiuz) va Instagram akkaunti (https://instagram.com/mobiuz.uzbekistan) orqali qimmatbaho sovrinlar o‘ynamoqda.

Mobiuz o‘zining barcha abonentlari, mijozlari, tijorat va biznes hamkorlariga ishonch, hamkorlik va xayrixohlik uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Kompaniya ilg‘or texnologik yechimlar va yuqori darajadagi xizmatlarni taqdim etish orqali o‘zining uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda davom etadi.

Ro'yxatga qaytish