Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz 4G LTE sig‘imini oshirmoqda

To‘rt hafta ichida – joriy yilning 20-sentabridan 17-oktabrigacha – Mobiuz 140 dan ziyod tayanch stansiyalarini tijoriy foydalanishga topshirdi.

Mobiuzni jadal sur'atlarda texnik rivojlanishi Xitoy Xalq Respublikasi bilan hamkorlikdagi investisiya loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Xususan, 4G LTE tarmog‘i qamrovini kengaytirish va sig‘imini oshirish, ovozli xizmatlar va mobil Internet sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Katta shaharlar va aholi zichligi yuqori bo‘lgan hududlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bunday joylarda mobil Internet trafigi doimiy tarzda o‘sib borayotganligi hisobiga telekommunikasiya tarmoqlariga kuchli yuklanish kelib tushmoqda. Buni hisobga olgan holda, Mobiuz mutaxassislari yangi tayanch stansiyalarini o‘rnatmoqda, mavjudlarini yangilamoqda, transport tarmog‘i imkoniyatlarini kengaytirmoqda.

So‘nggi yillarda o‘nlab yangi uy-joylar, biznes markazlari, ijtimoiy obektlar barpo etilgan va qurilishi davom etayotgan Toshkent shahri bunga yorqin misol bo‘la oladi.

So‘nggi bir necha hafta ichida Mobiuz poytaxtning turli tumanlarida yangi 4G LTE tayanch stansiyalarini ishga tushira boshladi. Jumladan, Sergeli mavzesining 2, 4, 6, 7, 8-dahalari, Chilonzor mavzusining 18, 20, 25, 26, 30, Ye, G9A dahalari, Yo‘ldosh mavzesining 16-dahasi, Do‘stlik-2, Algoritm, O‘rikzor dahalari, Chilonzor tumanidagi yirik bozorlar hududlari, shaharning eski qismidagi mahallalar va boshqa ko‘plab joylarda aloqa yaxshilandi.

Samarqand shahridagi M.Ulug‘bek, Rudakiy, Pochta, Namuna, M.Saidov, Xujum, Al-Farobiy, Obi Rahmat, Oidin yo‘li, Spitamen, Motrid kabi ko‘cha va boshqa hududlarda ham shunday ishlar amalga oshirilgan. Bundan tashqari, o‘nlab maskanlarda yangi texnik qurilmalar allaqachon o‘rnatildi. Shu kunlarda ular zaruriy sinovlardan o‘tkazilmoqda.

Shu bilan birga, Mobiuz chekka qishloqlar va aholi punktlarini tarmoqlari bilan qamrab olishni yanada kengaytirish bo‘yicha ishlar olib bormoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha viloyatlarida yangi tayanch stansiyalarini ishga tushirish va mavjudlarini modernizasiya qilishning asosiy bosqichi boshlandi.

Jumladan, Karmana (Karmana tumani), Zangiota, Eshonguzar, Erkin (Zangiota tumani), Tozabog‘ (Ellikqal'a tumani), Xo‘jayakshanba (Kogon tumani), Qoraqo‘ng‘irot (Kasbi tumani) kabi qishloqlarida hamda boshqa ko‘plab aholi punktlarida tayanch stansiyalar tijoriy foydalanishga topshirildi.

Mobiuzning barcha yangi va modernizasiya qilingan tayanch stansiyalari haqidagi ma'lumotlar manzillari bilan birgalikda @MyMobiuz (https://t.me/MyMobiuz) Telegram-kanalida e'lon qilinmoqda.
Ro'yxatga qaytish