Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz tadbirkorlar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Mobiuz tijorat hamkorlarining respublika bo‘yicha savdo shoxobchalari soni 1900 dan oshdi.

Mobiuz mobil aloqa operatori amaldagi va yangi abonentlarga iloji boricha yaqin masofada bo‘lishga intiladi. Zero, raqamni ulash yoki tiklash, SIM-kartani almashtirish va boshqa xizmatlar abonentlarning bevosita ishtirokini talab qiladi. Bundan tashqari, ma’lum xizmatlarni masofadan turib olishdan ko’ra, ofislarga bevosita murojaat qilishni afzal ko‘radiganlar ko‘p.

Bu masalalarni hal qilishda Mobiuz tijorat hamkorlari – kichik va o‘rta biznes vakillariga tayanadi. Ular aholiga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadi, yordam va maslahatlar beradi, Mobiuz barcha hududlarga kirib borishida ishtirok etadi.

Mobiuz hamkorlari faoliyati uchun zarur shart -sharoit va imkoniyatlarni yaratib kelmoqda, shu jumladan savdo shoxobchalarini ochish uchun hujjatlar to‘plamiga minimal talablar qo‘yilgan, moslashuvchan bonuslar tizimi amal qiladi va boshqalar. Masalan, hamkorlar raqamlar ulaganligi, turli xil xizmatlar to‘plamlari faollashtirganligi, "Eksklyuziv" va undan yuqori toifadagi savdo shoxobchalarini ochganligi va x.k. uchun Mobiuz ularni rag‘batlantiradi. Yangi savdo shoxobchasini ro‘yxatdan o‘tkazishda tijorat vakili kompaniyadan reklama uskunalarini olish imkoniyatiga ega.

Hamkorlik doirasida tijorat vakillari Mobiuz mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib boradilar.

Buning natijasida tadbirkorlar Mobiuz bilan hamkorlik qilish, yangi savdo shoxobchalarini ochish, daromadlarni ko‘paytirish, shuningdek, aholini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlashdan manfaatdor. Hususan, joriy yilning 9 oyida Mobiuz kompaniyasining tijorat hamkorlari soni 119 taga, savdo shoxobchalari soni esa 179 taga ko‘paydi.

Mobiuz bilan tijoriy hamkorlikning afzalligi shundaki, hatto o‘z faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar muvaffaqiyatga erisha oladilar. Buning uchun tadbirkorlar harakatchan, o‘z ishiga fidoiy bo‘lishi, biznes salohiyatini maksimal darajada ko‘rsata olishi kerak.   

Mobil aloqa operatorining tijoriy hamkori bo‘lish uchun Mobiuz veb-saytidagi foydali ma’lumotlar bilan tanishib chiqish kerak bo‘ladi: https://company.mobi.uz/uz/partners/documents/17649/.

Ro'yxatga qaytish