Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz tanlovida ko‘plab sovrinlarni yutib olish mumkin

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan tanlov g‘oliblari smartfon va mobil gadjetlarni qo‘lga kiritishadi.

"Bayramni birgalikda nishonlaymiz!". Mobiuz mobil aloqa operatori aynan shu nom ostida Telegram, Facebook va Instagramda tanlov o‘tkazmoqda. Kompaniya har bir foydalanuvchiga, u qaysi operator abonenti bo‘lishidan qatʼiy nazar, ko‘plab sovrinlarni yutib olish imkoniyatini bermoqda. Ular orasida Samsung smartfonlari, aqlli soat va brasletlar hamda boshqa sovrinlar bor.

18-avgust kuni tanlov Mobiuzning Telegramdagi rasmiy kanallarida o‘zbek va rus kanallarida, 20-avgustda  kompaniyaning Facebookdagi sahifasida boshlandi 25-avgust kuni Instagram-akkauntda ham faollik boshlanadi.

Ishtirok etish uchun foydalanuvchilar oddiy shartlarni bajarishlari kerak. Jumladan, mobil aloqa operatorining maʼlum manbalariga obuna bo‘lish va do‘stlarni tanlovga jalb qilish kerak bo‘ladi. Shartlarni muvaffaqiyatli bajarganlar ishtirokchiga aylanadi va g‘alaba qozonish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. Eng muhimi, bir vaqtning o‘zida barcha musobaqalarda qatnashishingiz va ularning har birida musobaqalashishingiz mumkin.

Tanlov g‘oliblari onlayn vositalar yordamida tasodifiy tarzda aniqlanadi. O‘yin jarayoni ijtimoiy tarmoqlarda onlayn tarzda ko‘rsatiladi.

“Mobiuz asosiy va tantanali bayram – mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan ko‘plab syurprizlar tayyorladi. Ularlan biri – ijtimoiy tarmoqlardagi "Bayramni birgalikda nishonlaymiz!" tanlovidir. Kompaniyaning qolgan yangiliklari ham tez kunlarda eʼlon qilinadi. Maqsadimiz –abonentlarimiz va vatandoshlarimizga bayram kayfiyatini ulashishdir”, - deydi Mobiuzning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Mobiuz yangiliklaridan xabardor bo‘lish uchun kompaniyaning Telegram, Facebook yoki Instagram manbalariga obuna bo‘ling.

Ro'yxatga qaytish