Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz ko‘proq Internet-trafik taqdim eta boshladi

Mobiuz 16 ta tarif rejasida MB va daqiqalar hajmini oshirdi, shuningdek oylik Internet-to‘plamlar narxlarini pasaytirdi.

2020-yilning oktabr oyida mobil aloqa operatori (2021-yilning 31-martigacha) maxsus aksiyalar doirasida tarif rejalari, oylik Internet-to‘plamlar va OnNet opsiyalarini taqdim etish shartlarini yanada qulay qilgan edi. Joriy yilning 1-aprelidan boshlab kompaniya ushbu qulayliklarni saqlab qoldi va ular doimiy tarzda bo‘lishini eʼlon qildi.

Xususan, Mobiuz oylik va yillik abonent to‘loviga ega 16 ta tarif rejasini yangiladi. Ular qatorida: Mobi turkumiga kiruvchi 8 ta tarif (Mobi 20, 30, 40, 50, 70, 90, 110, 150), 5 ta yillik Mobi tariflari, Internet uchun 2 ta tarif rejasi (Gap Yo‘q va Gap Yo‘q Pro), shuningdek, Omad Plus ijtimoiy tariflaridir.

Masalan, Mobi 90 tarif rejasi bo‘yicha 65 000 MB, tarmoq ichida cheksiz suhbat, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga 3 500 daqiqa va huddi shuncha SMS-xabarlar taqdim etilmoqda. Uning abonent to‘lovi 90 ming so‘m. Gap Yo‘q Pro esa oyiga 75 ming so‘mga kunduzgi 35 000 MB, tungi 25 000 MB, 1 000 daqiqani o‘z ichiga olgan.

Shu bilan birga Mobiuz barcha oylik Internet-to‘plamlar narxlarini ham keskin arzonlashtirdi. Masalan, olti oy avval narxi 200 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan 50 000 MBlik to‘plam hozirda atigi 75 ming so‘mga taqdim etilmoqda.

Har oyda avtomatik ravishda belgilanadigan OnNet to‘plamlari narxlaridagi o‘zgarishlar undanam sezilarli – ikkinchi oydan boshlab ular yanada arzonlashadi. 50 000 MB birinchi oyda 75 ming so‘mni tashkil qilsa, ikkinchi oydan boshlab uning narxi 67,5 ming so‘mgacha tushadi.

«O‘tgan oylar davomida aksiyalarni doimiy ravishda o‘tkazish bo‘yicha abonentlardan ko‘plab takliflar kelib tushdi. Natijada, Mobiuz mahsulot va xizmatlarining hamyonbop narx-navolari endi vaqtinchalik aksiya emas, balki mobil aloqa operatorining doimiy taklifidir. Bu orqali biz yana bir bor taʼkidlamoqchimizki, xizmatlarimizdan foydalanuvchi abonentlarga mehr va eʼtibor ko‘rsatish biz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Yil davomida va kelgusida bu yo‘sindagi ijobiy o‘zgarishlarni davom ettiramiz", – deb taʼkidladi Mobiuz’ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Ayni paytda Mobiuz mobil aloqa operatori boshqa Internet mahsulot va xizmatlari narxlarini ham pasaytirish ustida ish olib bormoqda. Hozircha aksiya ko‘rinishida bo‘lgan va 23-maygacha davom etadigan faollik bo‘yicha kunlik Internet-to‘plamlar va “Tungi DRIVE” tungi cheksiz Internet xizmati arzonlashtirildi.

Bundan tashqari, 1-apreldan boshlab Mobiuz yana bir qulay tarif rejasini joriy qildi. U haqida ko‘proq maʼlumot olish uchun o‘zbek tilidagi @MOBIUZuzb (https://t.me/MOBIUZuzb) Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Ro'yxatga qaytish