Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz yutuqlari va rivojlanish rejalari bilan o‘rtoqlashdi

Mobiuz rahbariyati "Yuzma-100" loyihasi doirasida 100 ta dolzarb savollarga javob berdi hamda kompaniya rivojlanish istiqbollarini ochiqladi.

2020-yil barcha uyali aloqa operatorlari uchun murakkab yil bo‘ldi. Koronavirus pandemiyasi tufayli ko‘plab jarayonlar online tarzda bo‘lishi mobil tarmoqlarga tushayotgan yuklanishni oshirdi. Shu sababli, respublika hududlarida 4G/3G qamrovni kengaytirish va tarmoqlarining quvvatini oshirish ushbu davrda Mobiuz faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi, deya ta’kidladi Mobiuz Bosh direktori Sobir Aripov. Umuman olganda, 2020-yilda respublikada 1300 dan ziyod Mobiuz tayanch stansiyalari o‘rnatildi.

Mobiuz rahbari kompaniyaning yutuqlari qatorida Internet narxlarining tubdan pasayishi, mavjud tariflarni yangilash va yangilarini ishga tushirish hamda jamoaning professional tarkibini kengaytirishni sanab o‘tdi. 2020-yil oxiriga kelib Mobiuz abonentlari soni 3,9 milliondan oshdi.

2021-yilda ham mobil aloqa operatori barcha hududlarda 4G tarmoqlarini rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratadi. Mobiuz mutaxassislari 5G tarmog‘ini joriy etish, "mobil qullikni" bekor qilishga tayyorlanish masalalarini faol o‘rganmoqdalar.

Mobiuz kompaniyasi Bosh direktorining marketing va sotuvlar bo‘yicha o'rinbosari Lola Filatovaning so‘zlariga ko‘ra, kapital va operasion xarajatlar o‘sishiga qaramay, kompaniya mahsulotlari va xizmatlari narxi nafaqat ko‘tarilmayapti, balki yildan-yilga arzonlashib bormoqda. Bu shu jumladan turli xil aksiyalar doirasida amalga oshirilmoqda. Hususan, so‘nggi 4 yil ichida oylik Internet-to‘plamlar narxlari deyarli uch baravarga arzonlashdi. Kompaniyaning 6 yilligi munosabati bilan 16 ta tarif rejasining shartlari qayta ko'rib chiqildi – shu yilning 31-martigacha tariflarda avvalgi abonent to‘lovi evaziga Internet-trafik bir necha baravargacha oshirildi.

2021-yilda abonentlarni qulay Internet xizmatlari bilan ta‘minlash amaliyoti davom ettiriladi. MB yoki daqiqalarni boshqa abonentlarga o‘tkazish, daqiqalarni MB’ga va aksincha almashtirish, barcha tarif rejalari abonent to‘lovlarini oyning birinchi kuniga bog‘lamagan ravishda yechib olish kabi xizmatlarni joriy etish va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Mobiuz Bosh direktorining texnika va AT bo'yicha o‘rinbosari Abduraxmon Abduraxmanovning ta'kidlashicha, ijaraga olinayotgan Mobiuz Internet-kanali doimiy tarzda kengaytirilmoqda va hozirda uning o‘tkazuvchanligi 60 Gb/s ga yetdi.

2020-yil davomida Mobiuz tuman va qishloqlarni to‘rtinchi avlod tarmog‘i bilan qamrab olishni sezilarli darajada oshirdi. O‘rta muddatli istiqbolda barcha qishloqlar va chekka hududlarni yuqori sifatli aloqa va Internet bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Bunga erishish uchun bosqichma-bosqich ishlar olib borilmoqda. 2021-yilda Xitoy Xalq Respublikasining imtiyozli krediti doirasida 1000 dan ortiq tayanch stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan.

"Yuzma-100" loyihasi doirasida kelib tushgan barcha kompaniya mutaxassislari tomonidan batafsil o‘rganilib, iloji bo‘lsa, rivojlanish rejalariga kiritiladi.

Professional kadrlarni ishga joylashtirish va yosh mutaxassislar uchun amaliyot o‘tash mavzusiga doir ko‘plab savollar ham kelib tushdi. Mobiuz’ning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Qodirjon Nazarov bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, rezyume yuborish, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va kompaniya kadrlar siyosatining boshqa ko‘plab yo‘nalishlari haqida batafsil ma'lumot berib o‘tdi.

Mobiuz rahbariyatining javoblari bilan ushbu havola orqali batafsilroq tanishishingiz mumkin: https://company.mobi.uz/uz/press/2021/22133/.

Ro'yxatga qaytish