Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz chiroyli raqamlar uchun 100% gacha chegirmalar e'lon qildi

Mobiuz’ning yangi aksiyasi Steel Lite, Steel, Bronze toifasidagi raqamlar uchun amal qilmoqda.

Qiziqarli, eslab qolish oson va ramziy kombinatsiyalarga ega bo‘lgan chiroyli raqamlar doimo odamlarning e'tibori va qiziqishini jalb qilib keladi. Mobiuz mobil operatori ajoyib imkoniyatni taqdim etadi – shu kunlarda Steel Light va Steel raqamlarini 100%, Bronze raqamlarini esa 90% chegirma bilan ulash mumkin.

Buning uchun abonent daqiqada, MB va SMS ga bo‘lagna ehtiyojlariga qarab, kompaniyaning sakkizta tarif rejalaridan birini: Gap Yo‘q, Gap Yo‘q Pro, Mobi 40, 50, 70, 90, 110 yoki 150 ni bir necha tanlashi kifoya. Tariflarning oylik abonent to‘lovi 35 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha bo‘lganligi esa tanlash imkoniyatini yanada kengaytiradi.

Bundan tashqari, noyabr oyi oxirigachar Gap Yo‘q Pro, Mobi 70, 90, 110 va 150 tariflariga ulangan abonentlar bir necha baravar ko‘proq Internet-trafikni qo‘lga kiritishadi. Shunday qilib, nafaqat chiroyli raqam egasi bo‘lish, balki tarif rejasidan unumli foydalanish ham mumkin.

Masalan, abonent Mobi 70 tarifiga ulanishni xohlaydi va Steel toifasidagi ***5665 raqamini tanlaydi. U ulanganda, tarif uchun abonent to‘lovi sifatida atigi 70 ming so'mni to'laydi va O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 2 500 daqiqa, tarmoq ichida cheksiz daqiqa, 2 500 ta SMS-xabar va naq 20 000 MB hajmidagi trafikka ega bo‘ladi.

“Chiroyli raqamlar ro‘yxati Mobiuz web-saytiga joylashtirilgan va muntazam yangilanib turiladi (https://mobi.uz/uz/tariff/numbers/20639/). Shunday qilib, har bir inson o'zi uchun qulay vaqtda mavjud bo‘lgan barcha raqamlarni oldindan ko‘rib chiqishi va yoqadigan bir yoki bir nechta variantni oldindan tanlashi mumkin. Keyinchilik esa uni kompaniya yoki tijorat hamkori ofisida ulashi mumkin», - deydi Mobiuz kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Kompaniya yangiliklari haqidagi qo'shimcha ma‘lumotlarni Facebook’dagi @mobiuz.uzbekistan sahifasida (https://fb.com/mobiuz.uzbekistan) olishingiz mumkin.

Ro'yxatga qaytish