Mobiuz talaba va o‘quvchilarning ta’lim imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Chop etish versiyasi


Maktab o'quvchilari uchun "Maktab" hamda talabalar, kollej, litsey va texnikum o'quvchilari uchun "Talaba", "Talaba +" maxsus tariflari amal qilmoqda.

Mobiuz uyali aloqa operatori yosh avlodni yuqori sifatli bilim olishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish orqali faol ijtimoiy siyosat olib bormoqda. Maxsus imtiyozli tarif rejalari va axborot-ta'lim resurslariga bepul (megabayt sarflamasdan) kirish imkoniyati ushbu e'tiborning yorqin namoyonidir.

Ushbu ro'yxatning birinchi o'rnida – respublika umumta'lim maktablari o'quvchilariga mo'ljallangan "Maktab" tarif rejasi. Oyiga 20 ming so'mlik ramziy abonent to'lovi evaziga u 3 000 MB, O'zbekiston bo‘yicha qo'ng'iroqlar uchun 500 daqiqa va 500 ta SMS-xabarni o'z ichiga olgan.

Taklif doirasida coursera.org (masofaviy ta'lim platformasi), uz.khanacademy.org (Khan Academy onlayn ta'lim platformasi), maktab.uz (masofaviy ta'lim platformasi), eduportal.uz (axborot-ta'lim portali), olympiad.uzedu.uz (onlayn olimpiadalarni tashkil qilish axborot tizimi), kitob.uz (Respublika bolalar kutubxonasi portali) kabi 20 dan ortiq axborot-ta‘lim manbalariga bepul kirish imkoniyati taqdim etilmoqda.

Oliygohlar talabalari va o'rta maxsus o'quv yurtlari o‘quvchilari uchun birdaniga ikkita echim – “Talaba” va “Talaba+” tariflari amal qilmoqda.

Hususan, “Talaba+” oyiga 50 ming so'mlik abonent to'lovi evaziga kunduzgi 10 000 MB, tungi 10 000 MB, qo'ng'iroqlar uchun 1 000 daqiqa va 1 000 ta SMS'ni taqdim etadi. Internet-trafikni har qanday maqsadda – videoqo'ng'iroqlar, onlayn video tomosha qilish, masofaviy ta'lim olish va boshqa ko'plab dolzarb vazifalarni hal qilish uchun sarflash mumkin

Talaba va o‘quvchilar tarifning yengilroq talqini – “Talaba”ni tanlashlari mumkin. Unga kunduzgi 1 000 MB, tungi 1 000 MB, 1 000 daqiqa va 1 000 ta SMS kiradi. Shu bilan birga, ushbu tarif abonent to‘lovi oyiga atigi 15 ming so‘mni tashkil qiladi.

Ikkala tarif rejalari bo‘yicha, shuningdek, O‘zbekiston oliygohlari va xorijiy o‘quv yurtlari filiallarining 100 ta ta'lim resurslaridan bepul foydalanish imkoniyati bor. Masalan, mobil Internet-trafikni sarf qilmasdan, Moodle platformasining imkoniyatlaridan foydalanish mumkin (ta'lim muassasasi subdomeni ichida). Bu esa tarif bo‘yicha MBni tejashga va ularni boshqa maqsadlarda sarflashga imkon beradi.

«Mobiuz bozorning turli segmentlari uchun yangi mahsulot va xizmatlarni chiqarishni davom ettirmoqda. Talabalar va o‘quvchilarga yangi takliflarni taqdim etishdan avval, biz ularning ehtiyojlari va takliflarini batafsil ko‘rib chiqishga intildik. Joriy etilganidan buyon “Maktab”, “Talaba” va “Talaba+” tarif rejalari yoshlar va ularning ota-onalarining e'tibori va ishonchini qozonishda davom etmoqda», - dedi Mobiuz kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiev.

Ta'lim va boshqa imtiyozli tarif rejalari haqida batafsil ma'lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://mobi.uz/uz/tariff/privilege/.


Ro'yxatga qaytish