“mGovAward” tanlovi final bosqichiga o‘tgan 7 eng yaxshi mobil ilovadan biriga ovoz bering!

Chop etish versiyasi

2020-yilning 19-avgust kuni talabalar o‘rtasida eng yaxshi mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha “mGovAward” tanlovining Demo kuni bo‘lib o‘tdi, unda 264 nafar ishtirokchi ichidan 18 ta jamoa saralab olindi.

Eslatib oʻtamiz, IT Park O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida “mGovAward” davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va kelajak ishlari vazirligi bilan birgalikda tanlov tashkil etgandi.

Talabalarga o‘zlarini quyidagi yo‘nalishlarda sinab ko‘rish imkoni berilgan:

- Ta’lim;

- Sog‘liqni saqlash;

- Turizm;

- Transport va logistikа;

- Biznes va G2B.

2019-yil 26-sentyabridan 2020-yil 10-fevraligacha davom etgan arizalarni qabul qilish jarayoni davomida tanlov rasmiy veb sayti orqali - https://mgovaward.uz / 264 ta jamoa nomidan arizalar qabul qilinib, ularning 95 nafari ko‘z mobil ilovasiga ega edi.

Tanlov ishtirokchilari ta’lim (27), sog‘liqni saqlash (21), tadbirkorlik (19), turizm (22), transport va logistika (6) sohalari kabi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha mobil ilovalar ishlab chiqdilar.

BAA, vazirlik va davlat mahkamalari vakillari bilan birgalikda tanlov komissiyasi (jyuri) tashkil etildi, shuningdek 2020-yilning 28-29-fevral kunlari 97 ta guruh oʻrtasida mobil ilovalarni baholash boʻlib oʻtdi, mazkur bosqichda 18 ta jamoa yarim finalga oʻtdi.

Demo Day natijalariga koʻra, Birlashgan Arab Amirliklari va oʻzbekistonlik vakillardan tashkil topgan ekspertlar komissiyasi 7 ta eng yaxshi ilovani aniqladi va final bosqichiga oʻtganligini maʼlum qilindi.

Final bosqichiga o‘tgan 7 eng yaxshi mobil ilova:

1 Sahiya team - Sahiya (Ta’lim)

2 Roboteach team - Roboteach (Ta’lim)

3 FazonCo team - aboo (Ta’lim)

4 CodeSys team - CodeSys (Ta’lim)

5 Imam Bukhari team Seven Pirs (Тurizm)

6 iMed - EYECERIA (Sog‘liqni saqlash)

7 Shaxcar - CarWon (Tadbirkorlik)

Final bosqichi Telegram-bot orqali ochiq ovoz berish koʻrinishida amalga oshiriladi va uning natijalariga koʻra, 3 ta gʻolib aniqlanadi. 

Gʻoliblar quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin - $50,000

2-o‘rin - $30,000

3-o‘rin - $20,000

Muhim havolalar:

mGovAward sayti: https://vote.mgovaward.uz/

mGovAward boti: @mGovAward_bot

Final bosqichiga o‘tgan 7 mobil ilovalarning biriga ovoz berishni unutmang va 3 sovrinli o‘rinlardan birini egallashga yordam bering. Barchasi aynan sizga bog‘liq! 

Ovoz berish 2020-yilning 28-sentyabridan 2-oktabriga qadar davom etadi.


Ro'yxatga qaytish