Biz ijtimoiy tarmoqlarda
57 ta yangi tayanch stansiyasi haqida ma'lumot
10 kun ichida – 19-martdan 28-martgacha – Mobiuz respublika bo‘yicha 57 ta yangi baza stansiyasini ishga tushirdi!

Aloqada bo‘lishingiz biz uchun muhim. Shu sababli texnik rivojlanish rejalarimizni, ayniqsa qishloq hududlarida tezkorlik bilan amalga oshiryapmiz.

Quyidagi hududlarda baza stansiyalari o‘rnatildi:
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus shahri (To‘rtko‘l shossesi va Aimbetov ko‘chasi), Kegeyli (Qozonkent qishlog‘i), Nukus (Bestyube, Taqirko‘l qishloqlari), Qorauzoq (Qorabug‘a qishlog‘i) tumanlari.
  • Toshkent shahri: Mirzo Ulug‘bek (Aerodrom ko‘chasi) va Yakkasaroy (Bobur ko‘chasi) tumanlari.
  • Jizzax viloyati, G‘allaorol tumani, Solin qishlog‘i.
  • Qashqadaryo viloyati: Qarshi shahri (Jayhun, Kamandi ko‘chalari, Arabxona mavzesi), Qarshi (Lag‘mon, Saroy, Pistakent qishloqlari), Shahrisabz (Qutchi qishlog‘i) tumanlari.
  • Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Boshquduq qishlog‘i.
  • Surxondaryo viloyati: Termiz shahri (Haitqulov, Uvaysiy, M.Qashqariy ko‘chalari), Angor (Gulzor va Gilambog‘ mahallalari, Angor qishlog‘i), Boysun (Omonxona qishlog‘i), Denov (Denov shahrining Mustaqillik. N.Mirzayev, N.Rahimov ko‘chalari, Lochin sanatoriyasi, Hazarbog‘, Yangibog‘ qishloqlari), Jarqo‘rg‘on (Tolachi ko‘chasi), Oltinsoy (Batash qislog‘i va Ekraz mahallasi), Sariosiyo (Beruniy ko‘chasi, Kenguzar mahallasi), Termiz (Termiz xalqaro aeroporti, Namuna mahallasi, Uchqizil qishlog‘i), Uzun (Dazira, Uzun qishloqlari), Qiziriq (Qiziriq qishlog‘i), Qumqo‘rg‘on (Munchoqtepa, Guliston mahallalari, markaziy bozor) tumanlari.
  • Toshkent viloyati: Chinoz (Chinoz shahridagi Samaqand ko‘chasi) va Yangiyo‘l (Niyozboshi qo‘rg‘oni) tumanlari.
  • Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumani, Qiziltepa qishlog‘i.
  • Xorazm viloyati: Urganch shahri (Baynalminalchi va Bahodirxon ko‘chalari), Bog‘ot (Dehqonbozor qishlog‘i), Urganch (moshina traktor parki), Xonqa (Kattajarmiz qishlog‘i) tumanlari.
Ro'yxatga qaytish