Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz abonentlarni yozgi kayfiyat va maxsus takliflar bilan xushnud qilmoqda

Kompaniya cheksiz qo‘ng‘iroqlar va minglab megabaytlar ko‘rinishida bonuslar hamda maxsus promo to‘plamlarni taqdim etmoqda.

Koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yilning bahorini butun dunyo, shu jumladan mamlakatimiz aholisi karantin sharoitida o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. Bu davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizda naqadar muhim o‘rin tutishi yaqqol ko‘rinmoqda. Masofadan turib ishlash va o‘qish, onlayn konferensiya va yig‘ilishlar, videochatlar va ko‘plab boshqa yangiliklar hayot tarzimizga aylanishga ulgurdi.

“Mobiuz mobil operatori karantinning ilk kunidanoq abonentlar va korporativ mijozlar uchun turli xil takliflar va qulayliklar yaratishga intildi. Biz eng asosiy e’tiborimizni mijozlarimiz uchun mobil internetdan kengroq foydalanish imkoniyatlarini yaratishga qaratdik. May oyi davomida ham bu harakatlarimiz davom etdi – kompaniya abonentlarga mehr ko‘rsatishga va bir qator yangiliklar joriy qilishga harakat qildi”, — deydi Mobiuz’ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev.

Xususan, “Yozgi kayfiyat” aksiyasi Mobiuz’ning yangi va amaldagi abonentlariga 2 oy davomida har oy O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlar, 10 000 MBgacha kun-u tungi va 60 000 MBgacha tungi internetni taqdim etmoqda. Bularning barchasi – kompaniya xizmatlarini tanlagan abonentlarga tashakkur sifatida bepul bonuslardir. Taklifdan foydalanish uchun Mobi 70, 90, 110, 150 va ularning yillik ko‘rinishlaridagi tariflarga ulanish yoki o‘tish kerak. Yangi abonentlar bonuslarni avtomatik tarzda olishadi, amaldagi abonentlar esa *162# USSD-buyrug‘i orqali faollashtirishlari mumkin. Taklif 15-iyul yakunigacha amal qiladi.

1 000 MB, 2 000 MB, 3 000 MB hajmiga ega maxsus internet promo to‘plamlari ikki baravar azon narxlarda taqdim etilishi ham Mobiuz abonentlari uchun yoqimli syurpriz bo‘ldi. Ularni 31-may yakunigacha xohlagancha faollashtirish mumkin.

9-iyungacha “1+1” aksiyasi ham davom etmoqda. Bu muddatgacha xohlagan hajmdagi oylik internet-to‘plamni faollashtirgan abonentlar xuddi shunday tungi to‘plamga bepul ega bo‘lishmoqda.

Sirdaryo viloyatining bir qator hududlarini suv bosishi oqibatida jabr ko‘rgan Mobiuz’ning Sirdaryo viloyatidagi abonentlari uchun qulaylik ham amal qilayotganini eslatib o‘tish joiz. 3-maydan oy yakunigacha ular o‘z tarif rejasidan foydalangan holda O‘zbekiston bo‘yicha cheksiz qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirishlari mumkin.

Kompaniya yangiliklari haqidagi batafsil ma’lumot bilan www.mobi.uz saytida tanishib chiqish mumkin.

Ro'yxatga qaytish