Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz billing tizimi yangilanishi
Shu yilning 31-iyul sanasi soat 23:00 dan 1-avgust 13:00 gacha Mobiuz biiling tizimida navbatdagi yangilanish amalga oshiriladi.

Mazkur tadbirlar Mobiuz mobil operatori tarmoqlari va uskunalarini to‘liq yangilanishi nazarda tutilgan 2019-2021 yillarda rivojlantirish konseptsiyasi asosida olib boriladi.   

Avvalroq billingni yangilash ishlari 2019-yilning sentabr-noyabr oylarida amalga oshirilgan edi. Tizim yangi imkoniyatlarga ega platformaga ko‘chirilgandi. Masalan, modernizatsiya tufayli abonent to‘lovi oyning 1-sanasiga bog‘liq bo‘lmagan tariflarni joriy qilish (Mobi 20, 40, Gap Yo‘q va boshqalar) imkoniyati paydo bo‘ldi.

Hozirgi yangilanish doirasida kompaniya billing tizimi yanada mukammallashadi. Hususan, abonentlar balansi to‘liq so‘m ko‘rinishiga o‘tadi. (Hozirda abonentlar balansi so‘m va shartli birliklarda aks ettirilgan, 1 sh.b. = 4210,35 so‘m).

Shu munosabat bilan 31-iyul soat 23:00 dan 1-avgust 13:00 gacha abonentlarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish servislari (balansdagi mablag‘ni bilish, xizmatlarni ulash/o‘chirish, tarif rejalarini o‘zgartirish) hamda hisobni to‘ldirish imkoniyatlari ishlamaydi. Bundan tashqari, 1-avgust kuni respublika bo‘ylab kompaniya ofislari va tijorat hamkorlari savdo shahobchalari yangi raqamlarni ulay olishmaydi. 
  
Tarif rejalarining abonent to‘lovlari oyning 1-sanasiga bog‘liq bo‘lgan abonentlardan hisoblarini oldindan to‘ldirib qo‘yishlarini iltimos qilamiz! Aks holda billingdagi profilaktika ishlari yakunlanmaguncha balansni to‘ldirish imkoniyati bo‘lmaydi va raqam bandlanib turadi. 

Mobiuz mobil operatori vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi. Yuqorida ko‘rsatilgan davrda abonentlar raqamlaridagi hisob-kitoblar nazoratda bo‘ladi va to‘g‘ri amalga oshiriladi.

Biz har bir abonentni qadrlaymiz hamda barchangizga ishonch, sabr va birgalikda muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi sa’y-harakat uchun rahmat aytamiz!

Qandaydir savollar yuzaga kelsa, kompaniya bilan quyidagi aloqa shakllari orqali murojaat qilishingizni iltimos qilamiz: 

Call-markaz: 0890 (abonentlar – jismoniy shaxslar uchun), 0990 (korporativ mijozlar uchun), +99897 1300909

Facebook: https://fb.com/mobiuz.uzbekistan

Facebook Messenger: https://m.me/mobiuz.uzbekistan

Instagram: https://instagram.com/mobiuz.uzbekistan

Saytimizdagi aloqa shakli: https://company.mobi.uz/uz/feedback/

Shuningdek, Bosh direktori Virtual qabulxonasi ham faoliyat olib bormoqda: https://mobi.uz/uz/reception/

Ro'yxatga qaytish