Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Mobiuz uylaridan ko'chirilgan sirdaryoliklarga beg'araz yordam ko'rsatdi

5-may kuni Mobiuz mobil operatori va uning kasaba uyushmasi o'z uylaridan ko'chirilgan sirdaryoliklarga gumanitar yordam ko'rsatdi.



Kompaniya vakillari kattalar va kichiklar uchun kiyim-kechaklar, sabzavot, oziq-ovqat mahsulotlari, antiseptik va gigiyenik vositalar hamda boshqa ko'plab tovarlar manzilli tarzda yetkazildi.

Mobiuz jamoasi borgan joylardan biri - Jizzax viloyatining 13-sonli umumta'lim maktabi. Bu yerga Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidan hamyurtlarimiz ko'chirilgan. Barcha oilalar kompaniyaning beg'araz yordamini katta hursandchilik va samimiyat bilan kutib oldi.

Sh.Rashidov tumani hokimi Maxmud Holbutayev ko'rsatilgan yordam va e'tibor uchun Mobiuz jamoasiga tashakkur bildirdi.


Beg'araz yordam ko'rsatilgan yana bir joy - Sirdaryo viloyatining Sayxonobod tumani "Paymard" mahallasi bo'ldi. Bu yerga ham viloyatning bir qator tumanlaridan odamlar vaqtincha ko'chirilgan.

Ro'yxatga qaytish