Toshkentda 22 ta yangi baza stansiyasi o'rnatildi

Chop etish versiyasi
O‘tgan haftada Mobiuz mobil operatori poytaxtda 22 yangi baza stansiyasini ishga tushirdi.

Ular quyidagi hududlarda joylashgan:

--- Bektemir tumani: B.Nozim hamda Bayqaro ko‘chalarida;

--- Mirzo Ulug‘bek tumani: Mustaqillik shoh ko’chasi, Abdullayev ko‘chasi hamda Feruza mavzesida;

--- Olmazor tumani: O. Bobojonov, Usta Shirin ko‘chalarida;

--- Yunosobod tumani: THAY’dagi 123-sonli AYOQSh, Chinobod, Qozitarnov, Shahriston ko‘chalari hamda 3 va 15-dahalarida;

--- Yashnobod tumani: Sultonali Mashhadiy, Jarqo‘rg‘on, Lisunov va Aviasozlar ko‘chalarida;

--- Chilonzor tumani: M.Boboyev, Tursunkulov ko‘chalarida;

--- Shayxontohur tumani: General Uzoqov ko‘chasi hamda Ts-27 dahasida.

Yangi baza stansiyalarini ishga tushirish ishlari davom etmoqda.

Ro'yxatga qaytish