Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Samarqandda sayyor qabul

Mobiuz’ning Samarqanddagi xizmat ko‘rsatish markazida sayyor qabul o‘tkazildi.

Uchrashuvda Mobiuz Tijorat direktori Lola Filatova, kompaniyaning turli xil bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi hududuy bo‘linmalari vakillari ishtirok etdi.

Fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqildi, kompaniya mahsulot va xizmatlari bo‘yicha maslahatlar berildi, aloqa sifatini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirildi. Barcha murojaatlar nazoratga olindi.

Bu kabi uchrashuvlar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham bo’lib o‘tadi.

Ro'yxatga qaytish