Yangi yilda Mobiuz'dan avtomobil yutib oling!

Chop etish versiyasi

Mobiuz mobil operatori abonentlari atigi 30 ming so‘m sarflab, 15 ta avtomobildan birini yutib olishlari mumkin.

Yangi yil – bu barchamiz orzu-havas qiladigan, yorqin hissiyotlar bilan bo‘lishadigan, yaxshi niyatlar bilan kutib olinadigan ajoyib bayram. Shu kunlarda avtomobil xarid qilish niyatida yoki yutib olish orzusida yurganlar ham talaygina.

«AvtoMOBI» aksiyasi ishtirokchisiga aylanib, avtomobil haqidagi orzu-umidlaringizni ro‘yobga chiqarish imkoniga egasiz. 14 ta Nexia-3 avtomobili hamda super sovrin – Malibu-2 o‘z egalarini kutmoqda! Oddiy harakatni amalga oshirib, avtomobilga da’vogarlar qatoriga qo‘shilishingiz mumkin!

Hususan, yangi abonentlar Mobiuz ning oyiga kamida 30 ming so‘m abonent to‘loviga ega tarif rejalaridan biriga ulanib, yutuqli o‘yinda qatnashish uchun ilk imkoniyatni qo‘lga kiritishadi. Imkoniyatlarni ko‘paytirish uchun esa maxsus «2020 MB» (*102*2020#) Internet-to‘plamini yoki «2020 daqiqa» (*103*2020#) daqiqalar to‘plamlarini ulash mumkin. Har biri 30 ming so‘m turadigan ushbu to‘plamlarning har biri bittadan imkoniyatni ko‘paytiradi.

Mobiuz amaldagi abonentlarni ham unutgani yo‘q! Jismoniy shaxslar – kompaniya mijozlari qanday tarif rejalaridan foydalanishlaridan qat’iy nazar yuqorida keltirilgan to‘plamlarni xohlagancha faollashtirishlari va qatnashchiga aylanishlari mumkin.

- «AvtoMOBI» aksiyasi mehr ko‘rsatuvchi operator konsepsiyasi asosida o‘tkazilmoqda. Aksiyani qolgan faolliklardan munosib sovrinlar, ishtirok etishning oddiy shartlari, har bir abonentga mosligi ajratib turadi. Yana bir muhim jihat – 14 ta Nexia-3 avtomobili respublikamizning har bitta hududiga bittadan tahsimlangan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda istiqomat qiluvchi aholida yutish imkoniyati yanada oshadi. Asosiy sovrin esa barcha ishtirokchilar o‘rtasida o‘ynaladi, - deya izoh berdi Mobiuz tijorat direktori Lola Filatova.

Yutish uchun imkoniyatlarni 2020 yilning 2 fevraligacha to‘plash mumkin. Shundan so‘ng har bir imkoniyatga noyob ID-kod belgilanadi. Masalan, abonentda 10 ta imkoniyat bo‘lsa, ID-kod kodlar ham shuncha bo‘ladi. 2020 yilning 14 fevralida esa sovrinlarni yutgan baxtli 15 ta inson aniqlanadi.

Yillab avtomobilga pul to‘plash, kredit yoki lizing olishga harakat qilish, keyin yana uzoq muddat ularni to‘lash mumkin. Boshqa, juda oson yo‘li esa «AvtoMOBI» aksiyasida qatnashish va orzu qilgan avtomobilingizga ega bo‘lishdir. Siz qaysi yo‘lni tanlagan bo‘lardingiz?

«AvtoMOBI» aksiyasi bo‘yicha batafsil ma’lumot kompaniya saytida joylashtirilgan: https://mobi.uz/uz/discounts/discounts/20286/.


Ro'yxatga qaytish