UMS jamoasi – Samarkand Half Marathon ishtirokchisi

Chop etish versiyasi

UMS mobil operatori 2019 yilning 1-3 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Samarkand Half Marathon Birinchi xalqaro hayriya yarim marafonining hamkori va ishtirokchisiga aylandi.

Kompaniya korporativ ijtimoiy mas’uliyati doirasida ta’lim va inklyuziv (imkoniyati cheklangan insonlarga munosib sharoit yaratish bo‘yicha) ijtimoiy loyihalarga katta e’tibor qaratmoqda. Hususan, Xalq ta’limi vazirligi bilan samarali hamkorlik o‘rnatilgan, o‘qituvchilar uchun tarif rejalari joriy qilindi, bir qator ta’lim saytlariga bepul kirish imkoniyati paydo bo‘ldi. UMS Khan Academy O‘zbek ta’lim platformasining yirik hamkorlaridan biridir. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlar va faxriylar uchun tariflar amal qilmoqda.

Samarkand Half Marathon – UMS jamoasi qo‘llab-quvvatlayotgan navbatdagi loyihadir. Uning asosiy maqsadi – jamoatchilik e’tiborini madaniyat va san’at ob’ektlaridagi inklyuzivlik muammosiga qaratish, O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirishdan iborat. U O‘zbekiston Respublikasi Madaniya vazirligi qoshidagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda bir qator tashkilotlar tomonidan tashqil qilinmoqda. 

- UMS kompaniyasi hayriya yordamini ko‘rsatgan holda tadbir tashkilotchilarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Zero alohida ehtiyojlarga ega insonlarga teng imkoniyatlar yaratish maqsadi bizning niyatlarimizga mos keladi. Marafondagi “Sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!”, “Biz befarq emasmiz!”, “Bugungi asosiy maqsadimiz – ezgu ishlar!” shiorlarimiz ham kompaniyaning ijtimoiy siyosatini namoyon qilib turadi”, - deydi «UMS» MChJ Jamoatchilik bilan aloqalar guruhi rahbari Albina Gaysina.

Yarim marafon 1-2 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan bir qator tadbirlarni – inklyuzivlik mavzusiga bag‘ishlangan konferensiyalar, leksiyalar, mahorat maktablari, ko‘rgazmani – o‘z ichiga olgan. 3 noyabr kuni esa loyihaning yuzlab ishtirokchilari, shu jumladan imkoniyati cheklangan insonlar, 2, 10 va 21 km masofaga yugurishda ishtirok etishadi. UMS rahbariyati va kompaniyaning turli xil bo‘linmalari xodimlaridan tashkil topgan terma jamoa ham yugurishda ishtirok etadi. 

UMSning Samarkand Half Marathondagi faolliklarini kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kuzatib borishingiz mumkin: 
Telegram: https://t.me/UMSuzb o‘zbek va https://t.me/UMSrus tillarida
Facebook: https://fb.com/UniversalMobileSytems 
Instagram: https://instagram.com/ums_uz  
Odnoklassniki: https://ok.ru/myums 


Ro'yxatga qaytish