Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS billing tizimini yangilamoqda

Hozirda UMS mobil operatorining tarmoq va uskunlarini modernizatsiya qilish ishlari faol tarzda davom etmoqda. Mazkur ishlar 2019-2021 yillarda «UMS» MChJ rivojlantirish Konsepsiyasi asosida amalga oshirilmoqda. Shu yilning o‘zida kompaniya texnik rivojlanish maqsadlariga 300 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ni yo‘naltirgan.

Olib borilayotgan ishlar, shu jumladan, billing tizimiga aloqador. Ushbu tizim mobil operatorining “miyasi” bo‘lib, xizmatlardan foydalanishni nazorat qilish, ularni narxlash, abonentlarga hisoblarni taqdim etish, to‘lovlarga ishlov berish kabi vazifalarni bajaradi.

Yangi billing tizimini joriy qilish – og‘ir kechadigan va ma’lum muddatlarni talab qiladigan jarayon. Ushbu jarayonda turli xil servislar ishida uzilish, xizmatlarni narxlashda kechiktirish va h.k. holatlar kuzatilishi mumkin. Bu boradagi ishlarning birinchi qismi 19-26 sentabr kuni amalga oshirildi. Hozirda, ya’ni 30-sentabrdan 9-noyabrgacha keyingi bosqich davom etmoqda.

Har bir bosqichda kompaniya barcha o‘zgarishlarni va ularni abonentlar raqamlariga ta’sirini nazorat qilmoqda. Mijozlarimizga iloji boricha kamroq noqulayliklar yetkazishga, lekin bunday vaziyatlar yuzaga kelsa, ularga tezkor ravishda yechim topishga harakat qilyapmiz.

UMS mobil operatori abonentlarning barcha to‘lovlari va ular raqamlaridagi hisob-kitoblar qattiq nazorat ostida ekanligini ma’lum qiladi. Noqulayliklar yetkazilgan abonentlarga esa bonuslar taqdim etilmoqda.

Biz har bir abonentni qadrlaymiz va barchangizga ishonch, sabr, birgalikda muvaffaqiyat sari intilayotaningiz uchun rahmat aytamiz!


Savol va murojaatlar bilan quyidagi aloqa shakllariga murojaat qilishingiz mumkin:

Call-markaz: 0890 (UMS abonentlariga), 0990 (korporativ mijozlarga), +99897 1300909

Facebook: https://fb.com/UniversalMobileSystems/

Instagram: https://instagram.com/ums_uz

“UMS” MChJ Bosh direktori virtual qabulxonasi: https://ums.uz/ru/reception/

Ro'yxatga qaytish