UMS’dan yangilanish, aksiya va chegirmalar avjida!

Chop etish versiyasi

UMS mobil operatori bir vaqtining o‘zida beshta tarif rejasini yangiladi va chiroyli raqamlarga katta chegirmalar taqdim etmoqda.

Yoz – bu ta’til, vaqtichog‘lik va dam olish mavsumi. Shuningdek, bu telefonda ko‘p suhbatlashish va mobil Internetdan faol foydalanish davri! Yozda yaqinlar va do‘stlarinmizga ko‘proq qo‘ng‘iroq qilib, ularga surat va videolarni yuboramiz, taasurotlarimiz bilan bo‘lishamiz.

Amaldagi va yangi abonentlarning faol suhbatlashishga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda UMS oylik abonent to‘loviga ega to‘rtta va yillik to‘lovga ega bitta tarif rejalarini yangiladi. Endi ular yanada ko‘proq daqiqa, megabayt va SMS’ni o‘z ichiga oladi, narxlar esa o‘zgarmagan!

“Asosiy” TR abonentlari 21 ming so‘mga 500 daqiqa, MB va SMS ga ega bo‘lishdi. “Standart” TR 25 ming so‘mga 1 000 MB, 700 daqiqa va SMS berilmoqda. «Optimal+» tarif rejasi 33 ming so‘mga 3 000 MB, 800 daqiqa va SMSni o‘z ichiga olgan.

Yanayam ko‘proq to‘plamlar “Qulay+” tarifida jamlangan: 5 000 MB, 1 000 daqiqa va xabarlar 42 ming so‘mga taqdim etilmoqda. Ushbu tarifning yillik ko‘rinishi – “Qulay Yillik+” ham yangilandi, endi u yiliga 420 ming so‘mga har oy 5 000 MB, shuningdek, 1 000 daqiqa va SMS’ni qamrab olgan.

UMS’ga ulanish yanada qulay bo‘lishi uchun kompaniya deyarli barcha toifadagi chiroyli raqamlarga chegirmalarni taqdim etmoqda. Toshkent shahrida va hududlarda chegirmalar hajmi 100% gacha yetmoqda, ya’ni ulanmoqchi bo‘lganlar deyarli bepul raqam va tegishli tarif rejasini tanlashi kerak.

Misol uchun, yuqorida eslab o‘tilgan “Qulay+” tarifiga ulanishda Steel Light, Steel, Bronze toifalaridagi raqamlarni 100% chegirma bilan, Silver Light, Silver toifalarini esa deyarli 10 baravar arzon ulash mumkin.

UMS’ning eng chiroyli raqamlarini bir necha baravar arzonlashtirilgan narxlarda ulash uchun esa operatorning ko‘plab yillik tarif rejalaridan birini tanlash kerak. Yillik tariflarning qulayligi shundaki, bir yil davomida mobil aloqa uchun asosiy harajatlarni unutasiz va shu bilan birga abonent to‘lovini amalga oshirishda mablag‘ tejaysiz.

- Hozirgi kunda UMS kompaniyasi o‘z tarif rejalari va xizmatlarini ixchamlashtirib chiqmoqda hamda shu bilan birga alohida toifadagi raqamlarga mavsumiy chegirmalar bermoqda. Fursatdan oqilona foydalanib, UMS chiroyli raqamini deyarli bepul ulab olish va sifatli xizmatlarimizdan foydalanish mumkin. Kam harajat qilib, ko‘proq natijaga erishishni xohlovchilar uchun bu juda qulay, - deydi “UMS” MChJ Tijorat direktori Lola Filatova.

UMS chiroyli raqamini va tarif rejasini tanlash uchun kompaniya ofislariga va tijorat hamkorlari savdo shahobchalariga murojaat qilish mumkin.


Ro'yxatga qaytish