Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS amaldagi abonentlar uchun Fresh-to‘plamlarini joriy qildi

Fresh-to‘plamlar daqiqa, megabayt va SMS-xabarlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, abonentlar tarif rejalari bo‘yicha taqdim etiladigan to‘plamlar bilan bir xil.

Endi UMS mobil operatori abonentlari o‘z tarif rejalarini yanada qulay qilib olishlari mumkin! Mazkur oyda daqiqa, MB yoki xabarlar yetmay qoldimi? Tarifingizni kuchaytirmoqchimisiz? Bu juda oson, axir qo‘shimcha Fresh-to‘plamlar yordamida abonent tarif rejasi bo‘yicha to‘plamlar hajmiga teng daqiqa, MB va SMS-xabarlarga ega bo‘lishi mumkin! Eng asosiysi, bunday to‘plamning narxi tarif rejasi abonent to‘lovidan 10%ga arzon!

Oddiy misol. UMS abonenti “Qulay” tarif rejasidan foydalanadi. 42 000 so‘m evaziga unga har oy 2 000 MB, 1 000 daqiqa va 1 000 SMS taqdim etiladi. Endi abonent xohlagan paytda Fresh-to‘plamni faollashtirib, 37 000 so‘m evaziga huddu shuncha MB, daqiqa va SMS’ni qo‘lga kiritishi mumkin.

Fresh-to‘plamlar “Yorqin”, “Chilla Lite”, “Asosiy”, “Standart”, “Optimal”, “Optimal+”, “Chilla”, “Qulay”, “Qulay+”, “Premial”, “Ideal”, “VIP” tarif rejalarini uchun taqdim etiladi. To‘plamni faollashtirish kodi – *301#.

To‘plamlarni amal qilish muddati 30 kunni tashkil qiladi. Oy davomida faollashtarish mumkin bo‘lgan to‘plamlar soni cheklanmagan.

“UMS har bir abonentni qadrlaydi va uning mobil xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga intiladi. Buning uchun biz qo‘shimcha xizmatlar soni va turlarini kengaytirib kelyapmiz. Ular aloqa sifati va qulay xizmat ko‘rsatish shartlari bilan bir qatorda abonentlar uchun juda muhimdir. Umid qilamizki, qulay Fresh-to‘plamlar maqsadli auditoriyasiga mos keladi. Kompaniya qulay va hamyonbop xizmat va takliflarni joriy qilishni davom etadi, zero 2019-yil UMS va uning abonentlari uchun katta o‘zgarishlar va yangilanishlar yili bo‘ladi”, - deydi “UMS” MChJ Tijorat direktori Lola Filatova.

Avvalroq UMS kompaniyasi «Welcome» aksiyasi boshlanganligini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, kompaniyaning u yoki bu tarif rejasiga ulangan abonentlar 2 oy davomida har oy 5000 MB’gacha bonusga ega bo‘lishadi.

Ro'yxatga qaytish