UMS “Yorqin” tarif rejasini ishga tushirdi

Chop etish versiyasi

Atigi 60 000 so‘m evaziga abonentlar 10 000 MB mobil Internet, shuningdek, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga daqiqalar hamda SMS-xabarlarga ega bo‘lishadi.

Bahorgi quyosh nurlari ostida gullar, daraxtlar yaproqlarini yoymoqda, ko‘chalarda qishdan keyin o‘yg‘onayotgan tabiat ifori kelib turibdi... Aynan shunday yorqin taasurotlardan ilhomlangan UMS yangi tarif rejasini ishlab chiqdi. “Yorqin” tarifi doim a’lo kayfiyat bilan bo‘lishishni xohlagan abonentlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bahorning eng jozibador va esda qolarli qismlarini o‘zida mujassam etgan.

Abonentlar – jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan UMSning yangi tarifi uchta o‘ziga xos husussiyatga ega.

Birinchidan, u global tarmoqning barcha imkoniyatlaridan to‘laqonli bahra oladigan faol Internet-foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Tarifga kiritilgan 10 000 MBni xohlagan maqsadlarda – ijtimoiy tarmoqlarda suhbat qurish, multimedia fayllarini ko‘rish va ko‘chirib olish, onlayn o‘yinlar va h.k. sarflash mumkin.

Ikkinchidan, taqdim etilayotgan MB, daqiqa va SMS-xabarlar hajmi nuqtai nazaridan “Yorqin” tarif rejasining abonent to‘lovi arzon – 60 000 so‘m ekanligini ko‘rish mumkin. Hususan, tarif rejasiga nafaqat 10 000 MB, balki O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlarga 1 000 daqiqa va yuborish uchun 1 000 SMS-xabar kiritilgan. Bundan tashqari, abonentlar tarmoq ichida bepul ko‘ng‘iroqlarni amalga oshirish uchun «Super 0» xizmatini faollashtirishlari mumkin.

Uchinchidan, “Yorqin” tarif rejasiga faqat 2019 yilning 1 aprelidan 31 may yakunigacha ulanish mumkin. Bu degani, eksklyuziv taklifdan foydalanish uchun abonentlarda atigi 2 oy muhlat bor. 1 iyundan boshlab tarif rejasiga ulanib yoki o‘tib bo‘lmaydi, undan foydalanayotganlarga esa ushbu tarif doirasida xizmat ko‘rsatish davom etadi.

UMS kompaniyasi mutaxassislari ta’kidlashicha, yangi tarif O‘zbekiston mobil aloqa bozorini chuqur tahlil qilish, abonentlar ehtiyojlarini o‘rganish natijasida yaratildi. O‘zbekistonda mobil Internetdan keng foydalanadigan insonlar soni ortib borayotgan sharoitda ushbu tarif zamonaviy talablarga javob beradi.

“Yorqin” tarif rejasi Internetdan faol foydalanadigan va shu bilan birga yetarli darajada ko‘ng‘iroqlarni amalga oshiradigan abonentlarga juda mos keladi. Uning joriy etilishi mobil aloqa bozorini rivojlanish istiqbollariga mos ravishda kompaniya mahsulot va xizmatlarini yangilayotganini mantiqiy davomi bo‘ldi”, - deydi “UMS” MChJ tijorat direktori Lola Filatova.

Yangi tarifga ulanish uchun aholi o‘ziga yaqin bo‘lgan UMS ofisiga yoki kompaniyaning tijorat vakillari savdo shahobchalariga murojaat qilishi kerak. Kompaniyaning amaldagi abonentlari ham “Yorqin” tarif rejasiga o‘tish imkoniga ega.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada UMS mobil operatori tungi Internet-to‘plamlarining narxlarini yanada arzonlashtirdi.


Ro'yxatga qaytish