Biz ijtimoiy tarmoqlarda
UMS tungi Internet narxlarini keskin tushirdi

UMS ning eksklyuziv tungi Internet-to‘plamlari yanada arzon bo‘ldi!

Mobil ilovalar va kompyuter dasturlarini yangilash, katta hajmdagi ma’lumotlarni ko‘chirib olish, videolar kurish, onlayn o‘yinlar o‘ynash... Katta hajmdagi internet-trafikni talab qiluvchi ishlar va ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan ushbu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Kunduzi ish, o‘qish yoki boshqa sabab bilan bu masalalarga vaqt ajrata olmasligimiz tabiiy hol. Bunday paytlarda UMS ning tungi Internet-to‘plamlari qo‘l kelishi aniq.

UMS tungi to‘plamlari 1 000 MB dan 50 000 MB gacha bo‘lgan hajmni qamrab olgan hamda har bir foydalanuvchining ehtiyojiga mos kelishi mumkin. Ular 30 kun davomida har tunda soat 00:00 dan 08:00 gacha amal qiladi. Narxlari esa oddiy internet-to‘plamlarga qaraganda ancha arzonligi bilan ajralib turadi – bu ham abonentlar uchun qo‘shimcha imtiyoz, albatta. Tungi to‘plamlarni xohlagancha faollashtirish mumkin – ularning MB ko‘shilib boradi va amal qilish muddati oxirgi yoqilgan to‘plam sanasidan boshlab 30 kunni tashqil kiladi.

Endilikda UMS mobil operatori abonentlari va korporativ mijozlari tungi internet-to‘plamlarni yanada arzon narxlarda faollashtirishlari mumkin!

“Mahsulot va xizmatlarimizning narxlarini bosqichma-bosqich arzonlashtirib borish, shuningdek, avvalgi narxlar bo‘yicha ko‘proq daqiqa, MB va SMS-xabarlar taqdim etish kompaniyamizning marketing strategiyasiga kiradi. Sifatli xizmatlar bilan bir qatorda ommapob narxlarni belgilash biz uchun juda muhim, bu orqali abonentlar va aholi bilan til topishga, ularning e’tibor va hurmatini qozonishga intilamiz. Umid qilamizki, tungi to‘plamlardan foydalanuvchi maqsadli auditoriyamiz narxlar arzonlashganligini bilib, yanada mamnun bo‘ladi. UMS bundan tashqari yana ko‘plab yangiliklar tayyorlab qo‘yganligini aytib o‘tishim joiz”, - deydi “UMS” MChJ tijorat direktori Lola Filatova.

Eslatib o‘tamiz, UMS ning «Tungi DRIVE» xizmati ham mavjud bo‘lib, u tungi 00:00 dan ertalab 08:00 gacha internetdan hech qanday MB va tezlik cheklovlarisiz foydalanishi mumkin. Xizmat uchta opsiyadan iborat – uni 1, 7 yoki 30 kunga ulash mumkin.

Internet-to'plamlar bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin: https://ums.uz/uz/internet/mobile_internet/11189/

 

Ro'yxatga qaytish